France Football "Oltin to'p" uchun nomzodlar ro'yxatini elon qilishni boshladi
08 okt 2018 15:45
Yangiliklar
France Football "Oltin to'p" uchun nomzodlar ro'yxatini elon qilishni boshladi
France Football nashri "Oltin to'p" uchun nomzod sifatida ko'rsatilgan 30 nafar futbolchining 10 nafarini elon qildi.
Franciya nashri har ikki soatda 5 nafar nomzod ro'yxatini taqdim etmoqda.
Birinchi 5 futbolchi: Serxio Aguero («Manchester Siti», Argentina), Alisson («Liverpul», Braziliya), Garet Beyl («Real», Uels), Karim Benzema («Real», Franciya), Edinson Kavani (PSJ, Urugvay).
Ikkinchi 5 futbolchi: Tibo Kurtua («Real», Belgiya), Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya), Roberto Firmino («Liverpul», Braziliya), Diego Godin («Atletiko», Urugvay).
Fikrlar