"France Football" bosh muharriri "Oltin to'p" nima sababdan Rodriga nasib qilganini tushuntirdi
29 okt 13:32
Yangiliklar
"France Football" bosh muharriri "Oltin to'p" nima sababdan Rodriga nasib qilganini tushuntirdi
"France Football" bosh muharriri Vensan Garsiya "Oltin to'p" ko'pchilik kutganidek, "Real" vingeri Vinisius Juniorga emas, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga nasib qilganining sababini ochiqladi.
"Kundek ravshanki, Vinisius kuchli beshlikda Bellingem va Karvaxal ham borligidan jabr ko'rdi. Sababi matematik jihatdan ham bu braziliyalikni bir nechta ochkodan mosuvo qilgan. SHundan ham ko'rish mumkinki, o'tgan mavsum "Real"da bir nechta futbolchi yuqori saviyali o'yin namoyish qilgan va jyuri ovoz berishda bir nechta futbolchiga etiborini qaratgan. Bu esa o'z o'rnida Rodrining foydasiga xizmat qilgan".
Fikrlar