France Football bosh muharriri Messining "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
29 okt 2023 22:59
Yangiliklar
France Football bosh muharriri Messining "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
France Football nashri bosh muharriri Vinsent Garsiya ushbu mish-mishlarga o'z izohini berib o'tdi.
- Janob, Messi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi haqida gapirishmoqda. Bu xabarlarning sizdirilishi sizni tashvishga solmayaptimi?
- Mish-mishlar har doim bo'lgan. Bu media o'yini. Biz oldindan "Oltin to'p" sohibini elon qilish istagi ko'pchilikda borligini bilamiz. Har doim ham mish-mishlar to'g'ri bo'lib chiqavermaydi, sababi haqiqatni kam inson biladi.
- Bu mavsum Messi va Xoland bu sovringa favorit. Ularning imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Men o'z ovozimning sirliligini saqlashni afzal ko'raman. Dushanba kuni taqdirlash marosimi o'tkaziladi. Qolgan barcha tafsilotlar 4 noyabr kuni France Football gazetasida elon qilinadi, -deydi Vinsent Garsiya.
Fikrlar