Franc Bekkenbauer: "Riberi "Oltin to'p"ni olishi kerak, ammo so'rovnomada mantiq yo'q"
28 noy 2013 17:51
Yangiliklar

Franc Bekkenbauer: "Riberi "Oltin to'p"ni olishi kerak, ammo so'rovnomada mantiq yo'q"
"Bavariya" klubi faxriy prezidenti Franc Bekkenbauer "Oltin to'p"ni kim olishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Riberi "Oltin to'p"ni olishi kerak, ammo bu so'rovnomada hech qanday mantiq yo'q, shu bois sovrinni Krishtianu Ronaldu olsa kerak.
Riberi butun mavsum davomida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi, ammo "Oltin to'p"ni portugaliyalik futbolchi olsa ajablanmayman.
Bu menga 1973/74 yilgi mavsumni eslatib yubormoqda. Germaniya Jahon chempioni bo'lgandi, ammo "Oltin to'p"ni menga emas, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Yoxan Kroyffga berilgandi", – deydi Bekkenbauer.

Fikrlar