Franc Bekkenbauer: "Bavariya" "Barselona" va PSJga o'xshab bir futbolchiga qarab qolmagan"
26 okt 2014 22:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/149346_original.jpg)
![](/upload/storage/149346_220.jpg)
Franc Bekkenbauer: "Bavariya" "Barselona" va PSJga o'xshab bir futbolchiga qarab qolmagan"
"Bavariya" klubi faxriy prezidenti Franc Bekkenbauer myunxenliklarni o'yinlariga baho berib o'tdi.
Xosep Gvardiola har bir futbolchini kerakli notada ushlab tura oladigan murabbiy. "Bavariya"ning muvaffaqiyati siri shundaki, jamoaning zaxirasi juda keng va har turda tarkibda rotaciya olib boriladi. "Bavariya" "Barselona" va PSJ kabi jamoalargi o'xshab bir futbolchiga bog'lanib qolmagan. "Barselona" Messisiz kuchsizlanib qoladi. PSJ ham APOELga qarshi o'yinda juda qiynalib qoldi. Parijliklar Ibragimovichsiz ancha qiyin o'ynashdi. "Bavariya"da ham o'zining etakchi va almashtirib bo'lmas futbolchilari bor. Masalan, SHvaynshtayger va Riberi. Bu ikki futbolchi uzoq muddatdan buyon jarohatini davolash bilan band. Lekin jamoa ularsiz ham kerakli natijalarni qo'lga kiritmoqda va o'z o'yinini yo'qotib qo'ymayapti. Bu juda muhim. Bundesligada raqobat yo'q? Bu chempionat bir jamoa turniri? "Borussiya D"ni ichki chempionatda ishi yurishmayapti. Lekin evropaning eng nufuzli musobaqasida nimalar ko'rsatmoqda bu jamoa? "Bayer" va "SHalke" ham deyarli pley-off masalasini hal etib qo'yishdi. Germaniyaning barcha jamoasi bu turda g'alaba qozondi. "Borussiya D" va "Bavariya" mehmonda yirik hisobda raqiblarini tazirini berdi. Bu nima bundesliga krizisda ekanligidan dalolatmi?
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar