FR: "Paxtakor"ga transfer taqiqi qo'yiladi
22 iyu 01:28
Yangiliklar


FR: "Paxtakor"ga transfer taqiqi qo'yiladi
Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev malumot berdi.
"2021 yilning yozida Eren Derdiyok klubni tark etgach "sherlar" rahbariyati Serbiyadan arzonroq hujumchi olib kelishgan edi. Toshkentda 1 davra o'ynagan Boyan Matich ishonchni oqlay olmadi va qishda yurtiga qaytarib yuborildi.
Xullas, klub o'sha futbolchi oldidagi majburiyatlarini to'liq bajarmagan. FIFA holatni o'rganib chiqib, qaror chiqardi. Agar "Paxtakor" 45 kun ichida Boyan Matich oldidagi qarzdorlikni yopmasa, jamoaga transfer taqiqi qo'yiladi. Gap taxminan 50 ming AQSH dollari haqida bormoqda.
Malumot uchun, 30 yoshli markaziy hujumchi "sherlar" libosida 16 o'yin o'tkazib, 2 marta gol urgan", — deyiladi xabarda.
Obuna bo'ling → "Futbol ANALIZI"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
бу матич деганлари узи футболчими ёки бир бошка сохта футболчимикан. пахтакорга салгина булса хам фойдаси тегдимикан шу пулга яраша. минг афсус пулни тулайдиган ерига келганда шу футболчини олиб келганлар бир четларга чикиб аралашмай турадида. пулни узлари топмаганидан узларини пули пули булмаганидан кейин хохлаганини киладида.шунча пул энди канот кокиб кетаверадими энди бит луттивоз каланги касанги сохта футболчи учун. шунча пуллар . хеч ким хисобини сурамаса факат ва факат пул берилаверса буларга