So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Fozil Musaev Yaponiyada o'ynaydigan birinchi o'zbek futbolchisiga aylandi Yangiliklar

Fozil Musaev Yaponiyada o'ynaydigan birinchi o'zbek futbolchisiga aylandi

So'ngi yarim yilni Qarshining “Nasaf” jamoasida o'tkazgan markaziy yarim himoyachi Fozil Musaev “Jubilo Ivata” klubi bilan kechgan muzokaralarni poyoniga etkazib, Yaponiya vakili bilan kuni-kecha “2+1” ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Bu haqda saytimizga uning agenti – xalqaro sport yuristi Sanat SHaripov malum qildi.

- Olib borilgan muzokaralarga nihoyat nuqta qo'ydik. Muvaffaqiyatli o'tgan tibbiy ko'rikdan so'ng bitimga imzo chekdik. O'zbek futboli transfer olamida bu o'ziga yarasha katta voqea bo'ldi, deb hisoblayman. Hali shu paytgacha Yaponiyada o'zbekistonlik o'yinchi to'p surmagan edi. Fozil bu borada ilk hamyurtimizga aylandi. SHartnoma uch yilga mo'ljallangan bo'lib, “2+1” sxemasi bo'yicha imzolandi. J-liga – Osiyodagi eng kuchli milliy chempionatlardan biri. SHu bois Musaevning bu erga o'tishi terma jamoamiz uchun ham, shubhasiz, yaxshi tomonga xizmat qiladi. Raqobat o'ta kuchli birinchilikda Fozil yanada toblanib, termamizning etakchilaridan biriga aylanishiga umid qilamiz, - deydi futbolchiga “Kun chiqar yurt”ga safar davomida hamrohlik qilgan Sanat SHaripov.
Ushbu tarixiy transfer borasida futbolchining o'zi quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Men nafaqat o'zim uchun, balki Yaponiyada butun O'zbekiston nomi uchun ham to'p suraman. Bu menga katta imkoniyat. SHuning uchun borimni berib o'ynashim lozimligini his qilib turibman. Bu erga kelib, men klub rahbariyati, jamoa va shart-sharoitlar bilan tanishdim. Menga hamma narsa maqul keldi. Barchasi alo darajada. Buyog'iga endi mendan talab etiladigan yagona narsa – chiroyli futbol ko'rsatish. Bu men uchun nafaqat futbolchilik faoliyatimdagi, balki umuman butun hayotimdagi muhim bosqichlardan biri bo'ladi.

SHuni alohida takidlab o'tish joiz, “Jubilo Ivata” Yaponiyaning eng nomdor va unvonlar qo'lga kiritish bo'yicha eng etakchi klublaridan sanaladi. Mamlakatning to'rt karra chempioni tarkibida braziliyalik Dunga, italiyalik Salvatore Skillachi, rossiyalik Dmitriy Radchenko kabi o'z vaqtining mashhur futbolchilari to'p surishgan. Bu jamoani bir paytlar Luiz Felipe Skolari ham boshqargan. Hozirda “Jubilo Ivata”ga Yaponiya va Osiyo futbolining o'tmishdagi yulduz o'yinchilaridan biri Xiroshi Nanami bosh murabbiylik qilmoqda.



Fozil Musaev "Jubilo Ivata" bilan muzokarani davom ettirmoqda

Fozil Musaev "Jubilo Ivata" bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Vitaliy Ni: "Fozil Musaev Yaponiyada o'ynashi mumkinligini inkor etmayman"

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика