Fozil Musaev: "Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland, barcha kurashga tayyor"
02 jan 2019 22:58
Yangiliklar
Fozil Musaev: "Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland, barcha kurashga tayyor"
Bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Fozil Musaev O'FA Matbuot xizmatiga Birlashgan Arab Amirliklaridagi birinchi kun mashg'ulotlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi kun ajoyib tarzda o'tdi. Parvoz bir oz toliqtirganiga qaramay, hamma yaxshi kayfiyatda. Bizga yaratligan barcha sharoitlar alo darajada deb aytish mumkin. Ayniqsa, bunday ob-havoda futbol o'ynash juda qulay. Haddan ziyod issiq ham emas, sovuq ham emas.
Mashg'ulotlarda mazza qilib harakat qildik. Birinchi kun mashg'ulotlari odatda engil tarzda o'tadi. Terma jamoada ajoyib muhit hukmron. Barcha bir-birini qo'llab-quvvatlamoqda. Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland, barcha kurashga tayyor. Maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz", — deya aytib o'tdi Fozil Musaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar