Fozil Musaev: "G'alaba osonlik bilan qo'lga kiritilmadi"
14 jan 2019 15:00
Yangiliklar


Fozil Musaev: "G'alaba osonlik bilan qo'lga kiritilmadi"
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev Turkmaniston terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv (4:0) haqida fikr bildirdi.
"G'alaba osonlik bilan qo'lga kiritilmadi. Bahsning ilk 15-20 daqiqasida qiyin bo'ldi, keyin yigitlar o'z o'yinini topishdi va hammasi joyiga tushib ketdi.
Navbatdagi o'yin Yaponiyaga qarshi kechadi. Bahs qiyin bo'lishi aniq. Ular Ummonni 1:0 hisobida yutgani qaramay, Osiyo Kubogining eng kuchli terma jamoalaridan biri bo'lib qolaveradi. Ushbu o'yinda murabbiylar ko'rsatmasi bo'yicha harakat qilamiz.
Jarohatimga keladigan bo'lsak, undan to'liq qutildim. "Jubilo Ivata" bilan shartnomam yakunlangani yo'q, turnir o'z nihoyasiga etishi bilan klubim safiga qo'shilaman" - deydi Fozil Musaev.
O’xshash yangiliklar
21:27
O'rtoqlik uchrashuvi. U23 O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi 0
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19

Fikrlar