Fozil Musaev "Al Muayzir" safida gol urdi
24 noy 2013 22:38
Yangiliklar

Fozil Musaev "Al Muayzir" safida gol urdi
Kecha Qatar yulduzlar ligasida 9-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepayotgan "Al Muayzir" klubi o'z uyida "Al Xaritiyat"ni qabul qilib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Mezbonlar safida yagona golni aynan Fozil Musaev urgani quvonarli holat. Yarim himoyachi Qatar chempionatidagi o'zining 7-uchrashuvida debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi. Kechagi o'yinda Fozil to'liq o'ynagan.
Franciyalik Ladisas Lozano shogirdlari 9ta turdan 7 ochko to'plab chempionatda 14ta jamoa orasida 13-o'rinda borishmoqda.
"Al Muayzir" keyingi turni 30 noyabr kuni safarda "Al Sadd"ga qarshi o'tkazadi.
"Al Muayzir" - "Al Xaritiyat" 1:2
Gollar: Fozil Musaev 14 - Yahyo Kebe 27, Jeysi Jon Okvunvanne 66

Fikrlar