So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  0 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Fox Sports muxbiri: "Gollarga boy o'yin ko'rsak kerak" Yangiliklar

Fox Sports muxbiri: "Gollarga boy o'yin ko'rsak kerak"

Osiyo Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Avstraliya uchrashuviga sanoqli soatlar qolmoqda.

Bu o'yinga qiziqish nihoyatda yuqori deb bemalol ayta olamiz. Maydonda juda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Xuddi biz kabi avstraliyalik hamkasblarimiz ham uchrashuvni intiqlik bilan kutishyapti. O'yin startiga oz vaqt qolayotgan bir paytda Avstraliyaning Fox Sports telekanali muxbiri Daniel Garb bilan suhbatlashdik.    

- O'yindan nima kutyapsiz?
- Avstraliya O'zbekistonga nisbatan kuchliroq, ammo o'yin qiyin kechadi. Avstraliyaning himoyasida muammolar ko'p va bundan raqib foydalanib qolishi mumkin. Menga SHomurodovning o'yini yoqyapti. U juda xavfli va bitta imkoniyatdan gol ura oladi. Qolaversa O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaning guruhdagi raqiblaridan farq qiladi. Ikkala jamoa ham futbol o'ynashni xohlaydi. Oson bo'lmaydi, biroq bizning jamoa ancha xotirjam.

- Avstraliya g'alaba qozonishiga qanchalik ishonasiz?
- 70 foiz. Bunga avvalo futbolchilar darajasidagi farq bilan qarayapman. O'zbekiston terma jamoasida 3-4 nafar yaxshi saviyadagi futbolchi bor, lekin Avstraliyada bunday o'yinchilar ko'proq deb o'ylayman. Ammo bu ham minusga ketib qolishi mumkin. CHunki pley-off bosqichida istalgan voqeani kutsa bo'ladi.

- Avstraliya birinchi o'yinda Iordaniyaga imkoniyatni boy berganidan so'ng nima o'zgardi?
- Mag'lubiyat ikki karra ishlashga undadi. Futbolchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi ortdi. Natijada Falastin 3:0 va undan keyin Suriya 3:2 hisobida mag'lub etildi. Lekin bu o'yinlar ham oson kechgani yo'q. Ayniqsa Suriya ko'p muammo tug'dirdi. Lekin O'zbekiston bilan bahs qiziq kechadi deb o'ylayman.

- Qaysi futbolchilar o'zini ko'rsatadi deb o'ylaysiz?
- Bizdan Tom Rogich, shuningdek qanot vingerlari Ikonomidis bilan Mabil, sizlardan esa SHomurodov bilan Ahmedov deb o'ylayman.

- Guruh bosqichida ikkala jamoa ham beshtadan ko'p gol urdi. Avstraliya 6ta, O'zbekiston 7ta. SHundan kelib chiqib gollarga boy o'yin ko'rishimiz mumkinmi?
- To'g'risini aytsam, men ham shuni kutyapman. Har ikki jamoada hujumga o'tishni xush ko'ruvchi futbolchilar bor. Balki gollar ko'p bo'lar.

- Agar Avstraliya mag'lubiyatga uchrasa, bu jamoa uchun qattiq zarba bo'ladimi?
- Kutilmagan voqea bo'lishi mumkin, lekin zarba bo'ladi deya olmayman. CHunki musobaqaning guruh o'yinlaridan keeyin istalgan jamoa turnir bilan xayrlashishi mumkin. Avstraliya amaldagi Osiyo Kubogi sohibi, biroq bu musobaqaga umuman boshqa tarkib va yosh futbolchilar bilan kelgan.

- Muxlislar terma jamoangizdan nima kutishyapti?
- Hech bo'lmasa yarim finalga chiqishni. Aytib o'tganimdek, bosh murabbiy Grexem Arnold ko'plab yosh futbolchilarni olib kelgan va bu futbolchilar bilan keyinchalik jahon chempionati saralash bosqichida o'ynashni xohlaydi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика