So’nggi yangiliklar

12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  1 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  38 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (50-41 o'rinlar) Yangiliklar

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (50-41 o'rinlar)

Jahon futbolini yoritadigan eng katta saytlardan biri Fourfourtwo.com 2017-2018 yilgi mavsum bo'yicha Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini malum qildi.

Ro'yxatdan o'zbekistonlik futbolchilar o'rin olganmi? Buni ro'yxat bilan to'liq tanishgach bilib olamiz. Quyida 50-41 o'rinlarni keltirib o'tamiz.

#50. Kosuke Nakamura (Yaponiya)
Klubi: "Kashiva Reysol" (Yaponiya)
Ampluasi: Darvozabon
Yoshi: 23
Futbolchiga tarif: Odatda Nakamura familiyali futbolchilar ancha yaxshi o'yin ko'rsatishadi. Konsuke ham shular jumlasidan.  Yaponiyaing "Kashiva Reysol" klubi darvozaboni Kosuke Nakamura Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borishi kutilmoqda. Yosh darvozabon hozir ancha yaxshi harakat qilmyapti.


#49. CHanatip Songkrasin (Tailand)
Klubi: "Konsadole Sapporo" (Yaponiya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 24
Futbolchiga tarif: Bu futbolchini Tailand "chaqmog'i" deyishadi. U Yaponiya birinchi ligasida o'ynaydi. Yangi klubi safida 16ta o'yinda maydonga tushgan CHanatip tez orada o'zini ko'rsata oldi.


#48. Sayid Ezatolahi (Eron)
Klubi: 
"Amkar" (Rossiya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 21
Futbolchiga tarif: Laqabi - "Forslar Pogbasi". CHindan ham Sayid Ezatolahining o'yini Pogbani eslatib yuboradi. U terma jamoada gol urgan eng yosh futbolchi bo'ldi: 19 yosh. Eronlik yarim himoyachi faoliyati davomida "Rostov", "Anji"da to'p tepgan, hozir esa "Amkar"da faoliyat olib bormoqda.


#47. Salim Al Dovsari (S.Arabistoni)
Klubi: "Vilyarreal" (Ispaniya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 26
Futbolchiga tarif: SHu yilning yanvar oyida Salim Al Dovsari ispan klubiga ijaraga berildi. U garchi "Vilyarreal" safida o'zini ko'rsata olmayotgan bo'lsa-da, hamon kuchli futbolchi hisoblanadi. U "Al Hilol" safida 160ta o'yin o'tkazgan. Terma jamoaning ham asosiy futbolchilaridan biri.


#46. Ali Alipur (Eron)
Klubi: "Persepolis" (Eron)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 23
Futbolchiga tarif: Muxlislar Ali Alipurni yaxshiroq bilishadi. U bu mavsum ""Nasafga qarshi o'yinlarda harakat qildi. 23 yoshli hujumchi jarima maydonchasi ichida o'zini ancha erkin his qiladi. Mehdi Taremi jamoani tark etgach, Alipur "Persepolis"ning asosiy hujumchisiga aylandi.


#45. Yosuke Kashivagi (Yaponiya)
Klubi: 
"Urava Reds" (Yaponiya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 30
Futbolchiga tarif: 2016 yilgi mavsumda "Urava Reds" Yaponiya chempionatida o'zini ko'rsata olmagandi. Lekin jamoa sardori Kashivagining faol harakatlari tufayli "Urava" yana yuqoriga ko'tarilib oldi. O'tgan yil bu klub OCHLni yutishida Yosuke Kashivagi muhim rol o'ynadi.


#44. Bred Jons (Avstraliya)
Klubi: "Feyenoord" (Gollandiya)
Ampluasi: Darvozabon
Yoshi: 36
Futbolchiga tarif: Avstraliyadan doim yaxshi darvozabonlar etishib chiqqan. Bred Jons ham shular qatorida deya olamiz. U 2016-17 mavsumda "Feyenoord" safida 17ta uchrashuvda gol o'tkazmadi. Qolaversa, jamoasi chempion bo'lishida katta hissa qo'shdi. Avstraliya bosh murabbiyi Bert van Marveyk ushbu darvozabonni ham mundialga olib bormoqchi.


#43. Ryota Morioka (Yaponiya)
Klubi: "Anderlext" (Belgiya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 27
Futbolchiga tarif: Yaponiyaning chet elda to'p surayotgan eng kuchli futbolchilaridan biri. Morioka dastlab Belgiyaning "Vaasland Beveren" klubiga yo'l olgandi. U 24 o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta golli to'p uzatma amalga oshirganidan so'ng tezda "Anderlext" o'ziga tortib oldi. Natijada terma jamoaga ham taklif etildi.


#42. Keysuke Xonda (Yaponiya)
Klubi: "Pachuka" (Meksika)
Ampluasi: Hujumkor yarim himoyachi
Yoshi: 31
Futbolchiga tarif: Keysuke Xondani ortiqcha tanishtirib o'tishning hojati bo'lmasa kerak. U bungacha ikkita jahon chempionatida o'ynagan. Rossiyadagi mundial uchinchisi bo'lishi kutilmoqda. Xonda Meksikaning "Pachuka" klubiga o'tgach yana avvalgi o'yinini topdi va  jamoasiga KONKAKAF chempionlar ligasida g'olib bo'lishga yordam berdi.


#41. Mark Milligan (Avstraliya)
Klubi: "Al Ahli" (S.Arabistoni)
Ampluasi: Himoyachi
Yoshi: 32.
Futbolchiga tarif: Mark Milligan Avstraliyaning eng yaxshi futbolchilari sirasiga kiradi. 32 yoshli himoyachi ko'plab o'yinlarda maydonga tushgan. Milligan mavsum boshida jamoasini o'zgartirib "Melburn Viktori"dan Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga ko'chib o'tdi.


Davomini kuting...

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика