So’nggi yangiliklar

20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  0 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  1 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  1 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   9 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7

Fotomaqolaning dodasi. "CA"da katta shou! Yangiliklar

Fotomaqolaning dodasi. "CA"da katta shou!

Kecha saytimiz tomonidan "Keksalarni ezozlash yili" munosabati bilan katta tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir suratlarini tomosha qiling.

Ushbu tadbir doirasida stol tennis musobaqasi tashkil etildi. Kichik turnirda Behzod Nazarov, Dilmurod Ahmadaliev, Bahodir Mirzaev, Omonjon To'xtamirzaev, Kamoliddin Alimov, Fahriddin Isamuhamedov, Jamol Solihov, Nodirxo'ja Yuldashev, Narzulla Saydullaev, Xasan Pirmuhammedov, Jasur Aslanov, Ulug'bek SHukurullaev, Davron Fayziev, Aziz To'xtamurodov qatnashdi. "Sport" telekanali sharhlovchisi Murod aka Rizaev barcha raqiblaridan ustun kelib musobaqa g'olibiga aylandilar.


Abdulla No'rmonov va Murod Rizaev musobaqa oldidan suratga tushgan edilar. Buni qarangki, ularning ikkisi ham finalga chiqdilar.



SHu kuni hamma boks ko'rib kelgan edi. Meyvezer va Pakyao o'rtasidagi jangni butun dunyo boks muxlislari kutgan edilar. Davron Fayziev esa o'z faoliyati tarixidagi eng, eng, eng zo'r bo'lishi kutilgan jangni sharhlashga muvaffaq bo'ldi.



O'FF tasvirchisi Jamoliddin aka bilan. Ajoyib inson, qalbi toza, ko'nglida kiri yo'q.



Ustoz Mirzahakim aka, ustoz Axbor doda bilan ko'rishyaptlar. Biz va sizlarga ham mana shunday yoshlarga kirish nasib etsin. O'ng tomonda, "Rakurs" ko'rsatuvi orqali mashhurlikka erishgan, bugunda "Neftchi" matbuot kotibi Oybek aka Veysal o'g'li.



- Bahodir, beshinchi raundni ko'rdingizmi? 

- Futbol ikkita taym bo'ladi-ku Davron aka?

- Ey men kimga boyadan beri jon kuydirib aytib beryapman? Abror yuring "Soni"da tashashamiz.



- Ex Abror, yomon "eb" qo'yding-ku uka )) "Real" (Davron Fayziev) - "MYU" (Abror Qodirov) 4:2.



"Keksalarni ezozlash yili" munosabati bilan o'tkazilgan tadbirimizda, ustozimiz Axbor doda Imomxo'jaevga arzimagan sovg'amizni topshiryapmiz. Bu ishni Murod aka Rizaevga ishonib topshirdik.



Axbor doda: - Bunday tadbir sport OAV vakillari ichida birinchi marotaba bo'lishi. Qani edi sizlardek yosh bo'lib qolsam-u, birdek tennis o'ynasam. Barchangizga tashakkur!



Axbor doda musobaqani rasman ochib beryaptilar.



Axbor doda do'stimiz, hamkasbimiz Bahodir Mirzaevni bugun bo'lib o'tayotgan tug'ilgan kuni bila tabriklayaptilar.



Erinmasdan sanab chiqamiz. Tepa qator, chapdan: Aziz To'xtamurodov, Zoir Tursunboev (SA), Hasan Pirmuhamedov (O'FF va PFL), Jasur Aslanov, Nodirxo'ja Yuldashev (SA), Jamoliddin Solixov (MTJ), Abdulla No'rmonov (O'zbekiston radiosi), "CHelsi" muxlisi va bosh oshpaz Oybek aka, Ahmad Eshmatov (News Arena), Naruzlla Saydullaev (SA), Behzod Nazarov (Paxtakor), Kamoliddin Alimov (OS va Sport TV), Abror Qodirov (PFL), Omonjon To'xtamirzaev (SA), Ulug'bek SHukrullaev (SA), Alisher Toirov ("Paxtakor" mamuri)

Pastki qator: Bahodir Mirzaev (Bunyodkor), Davron Fayziev (Sport TV), Ulug'bek Xudoyberdiev (SA), Murod Rizaev (Sport TV), Axbor doda IMOMXO'JAEV (USTOZ), Faxriddin Isamuhamedov (Paxtakor), Baxtiyor SHirinov (Olmaliq), Ilhom Yoqubbekov (Fifa.uz g'olibi).



SHogirdlar ustozlar davrasida, bu safar Axbor dodasiz. Boshqa tadbirlari chiqib qolganligi uchun, sal ertaroq ketgan edilar.

Bu safda Mirzahakim To'xtamirzaev (Bunyodkor), Oybek Veysal o'g'li (Neftchi), Saidmurod aka (SA hamrohi) va Odil aka SHaripov (SA o'quvchisi)



Ulug'bek Xudoyberdiev. Bu ukamizga sog'liq tilaymiz. Siz aziz o'quvchilarga yangi xodimimizni tanishtiramiz. Sog'lig'i bilan muammosi bo'lishiga qaramay, futbolni jonu dilidan yaxshi ko'radi va bizning qatorimizdan joy olishni maqsad qildi. 



Og'ir vazn egalari o'rtasidagi to'qnashuv.



CHapaqay Hasan Pirmuhamedov, kam gapirib, ko'p ishla aqidasiga amal qiladigan ajoyib inson.



Oradan 4 soat o'tib "CHelsi" chempion bo'lib turibdi-da...



Murod aka Ulug'bekka sovg'a topshiryaptilar.



Ex bugun to'yim bor edi-a, tirikchilikdan qoldim...



Aziz OAVdagi kumiri bilan



Allo, Gulshanxon, penalti loyihasidagi keyingi qahramonimiz kim bo'ladi?


Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi

Foto: CA


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика