Fotomaqola: "Olmaliq" - "Qo'qon-1912"
20 apr 2015 11:22
Yangiliklar


Fotomaqola: "Olmaliq" - "Qo'qon-1912"
SHanba kuni Olmaliq shahrida ligamizning eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'lib o'tdi.
To'g'ri, birinchi bo'limda ikki jamoa ham muxlislar kutgan o'yinni ko'rsatmadilar. "Olmaliq" ko'proq ustunlikka ega bo'lgan bo'lsada, "Qo'qon-1912"ni himoyasidagi tartibli harakat tufayli hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'lim esa tamomila aksincha bo'ldi. Qarshi hujuda "Qo'qon-1912" yaxshi harakat qila boshladi. Hattoki gol urdi. Ammo Pavlenko va Pirimovni maydonga tushishi o'yin tempini oshirib yubordi. Rustam Abdullaev jamoasi endi birinchi ligadan chiqqanligi va tarkibdagi hamma futbolchilar ham oliy ligada to'p tepkanligini inobatga olsak, jamoani 70 daqiqadan keyin toliqib qolganini to'g'ri tushunishimiz mumkin.
Qashqadaryodan kelgan ko'chma cirk shu kuni olmaliqliklarga xush kayfiyat ulashayotgan ekan.
"Qo'qon-1912" jamoasining rahbariyati.
Hasan Ergashev va Kamoliddin Murzoev yaqindan tanishga o'xshaydilar...
Klubning etakchi mutaxassisi, hamkasbimiz Baxtiyor aka SHirinov Zohir Pirimovga "Olmaliq" safida 150ta o'yin o'tkazganligi munosabati bilan esdalik sovg'asini topshirdilar.
Kashkavalning to'p uzatishidan so'ng, Yovanovich hisobni tenglashtirgan vaziyat...
PFL vakili Noil Lutfulin "CA" va O'zPFL mukofotini mart oyi laureati Igor SHkviringa topshiryapti.
Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida, SHkvirin bu yutuqni qo'lga kiritishida jamoasining xissasi kattaligini takidlar ekan, yana bir maroataba shu sovringa ega chiqishga vada berdi.
Fotomaqolaning ikkinchi qismi "Olmaliq" va "Qo'qon-1912" jamoalarining muxlislariga ataladi...
Nodirxo'ja Yuldashev va Kamoliddin Alimov
Olmaliq shahridan

Fikrlar