Fotomaqola. O'yinga bir kun qolganda
21 dek 2014 12:28
Yangiliklar


Fotomaqola. O'yinga bir kun qolganda
4 kunlik mashg'ulotlardan so'ng bugun terma jamoamiz dastlabki o'yinini o'tkazadi. Raqib ham anoyilardan emas, Iordaniya.
Maydon orti jangchilari... Massajchilarimiz - Abdulla aka va Marat aka
Darvozabonlar mashqi bu safar qiziq bo'ldi. Navbati bilan posbonlarimiz bir-birlarini ko'tarib yugurishdi. 50 metr u erga, 50 metr bu erga deganday...
Navbat Akbar To'raevga. Uning ustida Eldor Suyunov. Rasm kulguli tuyulishi mumkin, ammo juda ham og'ir mashg'ulot.
Ko'rib turganingizdek, Aziz Haydarov ham, MTJ ham klub uchun mashg'ulot o'tkazyapti. Bugun terma jamoamizga, ertaga "Al SHabab"ga omad tilaymiz.
Umid qilamiz Islom To'xtaxo'jaev 2-turdan terma jamoamizga kirishib keta oladi. To'g'ri bu qiyin, ammo futbolchi o'zida iroda va kuch topa olishi kerak. Ajab emas Osiyo Kubogi orqali chet elga chiqib ketsa, shundoq ham oliy ligada ko'p ushlanib qoldi.
Nodirxo'ja Yuldashev
P.S: Mazkur safar "Futbol Ekspress" gazetasi va "CA" hamkorligi natijasida tashkil etildi. SHu boisdan, bosma va elektron nashrlarga sayt xabarlaridan foydalanish qatiyan man etiladi. Iltimos, qoidaga rioya qiling va hamkasblaringizni hurmat qiling.

Fikrlar