So’nggi yangiliklar

20:15ЛаЛига. "Барселона" - "Реал" 4:2 (матнли трансляция)  192 20:13Суперлига. "Сўғдиёна" - "Шўртан" (матнли трансляция)  0 20:07Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ва "Бодрумспор" ўзаро дуранг ўйнади, Турғунбоев яна захирада қолдирилди  0 20:00Суперлига. "Машъал" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  1 19:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Хоразм"ни кичик ҳисобда таслим қилди  20 19:30Лерой Сане келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 18:46"Барса"га Гримальдо ва Бастони қизиқми?  0 18:13"Капаз" — "Сумқайит". Таркиблар маълум  0 18:08РПЛ. "Акрон" бешта гол урилган ўйинда "Ахмат"ни мағлуб этди, Эсанов эса...  3 18:00АПЛ. "Ньюкасл" ўз уйида "Челси"ни ишончли ҳисобда мағлуб этиб, учинчи ўринга чиқиб олди, "аристократлар" биринчи бўлимда ўн киши бўлиб қолишди  8 17:40"Байер" — "Боруссия Дортмунд". Таркиблар маълум  0 17:28"Машъал" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 17:11"Тоттенхэм", "Ноттингем Форест" ва МЮ иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 16:30"Реал" янги дарвозабон сотиб олмоқчи. Номзодлар маълум  9 15:58Куртуа "Реал" билан шартномасини узайтиришга яқин  1

Fotomaqola: "Odil Cup - 2016" festivali ishtirokchilari uchun bayram kechasi Yangiliklar

Fotomaqola: "Odil Cup - 2016" festivali ishtirokchilari uchun bayram kechasi

"Imkon Plyus" savdo brendi ostida o'tgan "Odil Cup" - 2016 musobaqasining tan-tanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Musobaqaning yopilish marosimi bunday katta tadbirga aylanib ketishini o'ylamagan edik. Bir kun avval viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti, viloyat futboli masalasida, hokim qabulida bo'ldi. Unda turnir haqida ham so'z borgani bizni quvontirdi. Xayrulla Hayitbaevich Bozarov turnirni kuzatib borayotganligini aytib o'tgan ekan. 


Festivalning ikkinchi kunida "Neftchi" jamoasi vakillari, yopilish marosimiga tashrif buyurishlarini aytib o'tdilar. "Navbahor" rahbariyati ham shay holatda edi. Odil Ahmedov esa oilaviy qatnashdi. 


2004 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada qatnashgan futbolchilarni "Navbahor" va "Neftchi" jamoasi azolari taqdirladilar. Ahmedovlar oilasi esa 2002 yilda tavallud topgan futbolchilarni.


"Hammasi mana shu bolalar futbolida boshlanadi. Sizlarga bugun yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib qoling. Yoshligimizda siz ega bo'lgan sharoit bo'lmagan. Mana turnir bo'lib o'tgan maydonni qarang. Mazza qilib futbol o'ynaging keladi. Istardim-ki, yillar o'tib aynan sizlar ham shunday musobaqalarni tashkil qilinglar. Futbolda eng muhimi bu tartib! Agar muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, aslo chekinmang va mehnat qiling", - deydi Odil Ahmedov.


Yosh bolachalarga, horij andozasi asosida bayram qilishga harakat qilindi. Mana shunday bannerlar ortida, ular o'zlarini katta yulduzlardek tutgan bo'lsalar ajab emas.


"Navbahor" muxlislariga qoyib qolmay iloji yo'q. Kichik turnirni ham katta bayramga aylanishida ularning ulushlari katta bo'ldi.


"CA"ning ijodiy guruhi va muxlislar


"Oltin to'p"ni mana shu yigitcha olsa rozimiz...


SHerzod Raimjonov tashkilotchilik uchun "Championat.asia" saytiga o'z minnaddorchiligini bildirar ekan. Keyingi musobaqada "Neftchi" jamoasini homiylik qilishini aytib o'tdi. Demak, sentyabr oyida huddi shu jamoalarni Farg'onaga taklif etamiz!



Xayrulla Xoliqov va Jasur Aslanov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика