Fotomaqola: "Mashal" - "Nasaf" 1:1
03 noy 2014 20:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/150298_original.jpg)
![](/upload/storage/150298_220.jpg)
Fotomaqola: "Mashal" - "Nasaf" 1:1
Kecha Muborakda "Mashal" va "Nasaf" jamoalari o'rtasida voha derbisi bo'lib o'tdi.
Etiboringizga eng qiziqarli kadrlarni taqdim etamiz.
Bu siz ko'rib turgan sharhlovchi - Husan Temirov! Yodingizdami, "- Ha, Pyotr Gezimchuk to'pni Kamoliddin Kenjaevga tashlab berdi, Kamoliddin uni Vali Keldievga. Vali Keldiev hozir ikki nafar futbolchini aldab to'pni Ro'ziqul Berdievga etkazdi, Ro'ziqulning zarbasiiiii.... Ha.... to'p "shundoqqina" darvoza to'rining oldidan o'tib ketdi".
Zo'r inson, ajoyib ustoz. Har safar Qarshiga borganimda uchrashishga oshiqishga arziydigan sharhlovchi.
"Mashal" va "Nasaf" klublarini moddiy texnika bazasini yuksalishida o'zining munosib ulushini qo'shgan mutaxassis - Bahrom Davlatov.
"Mashal" ham Kamoliddin Kenjaev bilan!
Maydonda ustozlar, Mirzahakim To'xtamirzaev va Axbor Imomxo'jaev.
Oliy liga to'purari Artur Gevorkyan "Mashal" yarim himoyachisi Jahongir Abdumo'minovga qarshi.
P.S: Ertaga Dilyaver Vanievning xayrlashuv tadbir va "Mashal" jamoasining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbirini tomosha qilasiz.
Foto: Nodirxo'ja Yuldashev
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar