Fotomaqola. Incheondan yozamiz. 3-kun kundaligi, futbolni ham boshladik
16 sen 2014 20:19
Yangiliklar


Fotomaqola. Incheondan yozamiz. 3-kun kundaligi, futbolni ham boshladik
Avval sportchilar shaharchasiga bordim. U erda MOQ matbuot kotibi SHavakat aka Jalilov bilan media markazga borishga qaror qildik. Undan avval media shaharachani aylanib chiqdik. Sportchilarga yaratilgan sharoitlar avvalgi Osiyo o'yinlaridan yaxshi emas deyishyapti. Men esa har qanday musobaqani Qatardagi Osiyo Kubogi bilan solishtirishga o'rganib qolganman. "Kichkina tabib" filmida "yashasa bo'ladi", deydiku, huddi shunday, yashab ishlasa bo'ladi.
Sport shaharchasiga kelib ketishim 8 km atrofida yo'l, har kuni bizning pulga, taksiga 30 000 so'm to'lab, kunda bir muzlab olyapman. Toshkentdagi salqin havo meni taksi orqali taqib qilayotgandek. Albatta bu hazil uchun yozildi. Vatan uchun ishlamasak, kim uchun ishlaymiz?
- Musobaqa homiysi "KIA" sportchi va OAVni avtobus bilan taminlayapti.
Har bir qavatda ikkita kvartira bo'lib, 3 xonali uyda 7 kishiga mo'ljallangan yotoq bor. Sportchilar zerikib qolmasliklari uchun turli ko'ngil ochar narsalarni ko'rishingiz mumkin. Tennis, bilyard, massajli kreslolar. Restoranda barcha millatga mos taomlar. Mahsus hujjati bor muxbirlar ko'rsatuv tayyorlab charchamayaptilar. SHaharcha bilan tanishganimdan keyin media markazga yo'l oldik. Mahsus avtobus bizni manzilimizga etkazib qo'ydi. U erda ish allaqachon qaynab bo'lgan. Ikkita katta media markaz, birida TV xodimlari, ikkinchida bosma va internet nashrlari uchun ishlayotgan jurnalistlarni ko'rishingiz mumkin. SHavkat aka o'zlari uchun kerakli axborotlarni olganlaridan keyin ortga qaytdilar. Men esa biroz ishlashim kerak edi. O'zimga kerakli barcha malumotlarni olib bo'lgach tamadixonaga kirdim. Sal "muzdek" ekan.
- Bilyardxonada futbolchilar hordiq chiqarishyapti
Afg'oniston - Bangladesh o'yini men uchun qiziq edi. "Munxak" stdionida men kabi bir o'zi ishlayotgan kishiga biroz qiyinchilik tug'dirar ekan. Ilk marotaba katta musobaqaga o'zim chiqishim. SHu kungacha bir necha JCH va OCHlarda qatnashgan bo'lsam, ularning barida hamroxlarim Behzod Nazarov, bazida Kamoliddin Alimov bo'lar edi. BAAda bo'lib o'tgan JCHda esa Xayrulla Xoliqov ikkimiz xizmat qilgan edik. Bunday paytlar ishni teng bo'lib olish imkoniyatiga ega bo'lardik. Men faqat rasm olaman va mikst zonaga tushib futbolchilarning fikrlari bilan qiziqaman. SHeriklarimdan biri o'yin sharhini yozib turib, keyin matbuot anjumanida ishtirok etadi. Bu erda esa barchasini o'zim qilishim kerak. Buning uchun jismoniy katta kuchingiz bo'lishi kerak. Undan tashqari tezkor bo'lmasangiz biridan qolib ketishingiz aniq. SHuning uchun bu stadion menga maqul kelmadi. Fotomuxbir kiradigan darvozaga ancha yurib borishingiz kerak. Bir o'yin davomida ikki marotaba kelib ketasiz. Hullas ishni amalladim.
- Avtobus kutish paytida SHavkat aka bilan
Menga alam qilgani Afg'oniston - Bangladesh o'yinidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida 4 nafar bangladeshlik jurnalist bor edi. Kimdir yozsa, yana kimdir TV uchun syomka qilar. Fotomuxbirlari yo'q ekan, bangladeshlik hamkasbim mendan surat so'radi. Mehnatini qadirlagan holda o'tkazib berdim.
Huddi shunday holatda o'zimizning o'yinda ham ijod qilgach, matbuot anjumaniga kirdim. Gonkongdan jurnalistlar kelganligi uchun birinchi qism uzoq davom etdi. 10ga yaqin savol berildi. Qosimov kirgach OAVdan men va SHavkat aka qoldik. Ikkita savol berib qo'ydim, saytga nimadir chiqsin dedimda. Odatda o'yin oldi va o'yindan keyin matbuot anjumanlarida faol bo'lmayman. O'yin oldidan o'tkazilinadigan matbuot anjumanlarida faqat rasm olish uchungina ishtirok etaman. CHunki o'yinga qadar o'tkazilinadigan besh kunlik mashg'ulot jarayonida "kim, nima, qaerda?", kabi savollarga javob olib bo'laman. SHuning uchun bazan, "ertaga kim tushadi, kimda jarohat bor", - kabi savollarni eshitsam ensalarim "qotadi". Ey odamzod, hech bo'lmasa 1 kun avvalgi mashg'ulotga kelib bil, shunda savoling boshqacha chiqadi, "Mana Eshmat tushmaydi, o'rniga kim tushadi?". Murabbiy o'ylanib javob bersin. Yoki "burchak to'plarini tepishni o'rgatyapsizmi?", bu savol emas-de endi. Kelsangiz ko'rasizda. O'yindan keyingi matbuot anjumanida taktikaga doir savol bera olmayman. Buning sababi, goh rasm olaman, goh ishlayman, yana nimadirlar qilib, haqiqiy tahlil bop o'yinni ko'ra olmayman. SHuning uchun o'yinga oid sharhlarim biroz kech chiqadi, toki o'yinni qayta ko'rib aniq bir fikrga kelmagunimga qadar.
- Mana o'sha to'rt nafar jurnalist
Kecha o'yindan keyingi matbuot anjumaniga bir yuzerimiz, "siz ham savol berishni bilmas ekansiz", deb fikr qoldiripti. Ketidan ikkinchisi, "bilsa beradida", deb javob qaytardi. Men ham "delet" bilan javob berdim.
Men bazan futbolchilar yutqazib qo'ysa ham tanqid qilmayman. Bu ulardan qo'rqish yoki yuz xotir uchun emas. Ularni mehnatini ko'ra turib tanqid qilish bo'lmapti. Huddi shunday, bizning ham mehnatimizni ko'rib bilmay turib, "klavyatura"ni shaqillatish bo'lmapti!
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar