So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  7 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  5 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  78 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Fotomaqola: Dilyaver Vaniev futbolchilik faoliyatini yakunladi Yangiliklar

Fotomaqola: Dilyaver Vaniev futbolchilik faoliyatini yakunladi

"Mashal" - "Nasaf" uchrashuvi, oliy ligamizning eng yoshi katta futbolchilaridan biri bo'lgan Diyaver Vaniev uchun so'nggisi bo'ldi.
Faoliyatini "Yangier" jamoasida boshlagan markaziy himoyachi aksar futbolchilarga o'rnak bo'la oladi. Hammaga ham emas, bitta jamoa sharafini uzoq vaqt davomida himoya qilish. 
"Zarafshon" va "Navbahor" jamoalarida bir mavsum to'p tepkan 3-raqam egasi, 2005 yildan beri Muborakda. Orada bir mavsum "Andijon" libosini kiydi. Hatto klub 1 ligaga tushib ketgan yili ham Vaniev jamoasiga sodiq qolgan edi.


1975 yilda tavallud topgan futbolchi roppa-rosa 39 yoshigacha futbol o'ynadi. Doimiy ravishda o'z saviyasini bir xil tarzda ushlab tura olgan Vaniev o'z jamoasining rosmanasiga afsonasiga aylana oldi. 



Gabit Sapargaliev va Dilyaver Vanievning klub oldida tutgan o'rinlar kattaligiga kechagi o'yinda yana bir bor ishonch xosil qildik. O'yin boshlanishi arafasida barcha-barcha ular uchun ishlab chiqilgan dasturni tomosha qilishga "majbur" edilar. Boisi bu ikki futbolchi bunga o'z mehnatlari bilan erishdilar. 



Oliy liga doirasida bironta futbolchi bilan xayrlashganimizni eslay olmaymiz. "Mashal" esa bu borada barchaga o'rnak bo'la oldi deb o'ylayman. O'yinni Sapargaliev va Vaniev ramziy manoda boshlab berdilar.



Birinchi bo'lim yakuniga etmasidan turib hakamning hushtagi yangradi va Vaniev sardorlik bog'ichini Fayzievga taqqan holda, ikki jamoaning olqishlari ostida maydonni tark etdi...



Bu paytga kelib allaqachon uning ko'z yoshlari oqib bo'lgandi. Juda ham tasirli holat. 
"Men bilan bunday xayrlashadilar deb o'ylamagan edim. Oliy ligamizda bunday holatni hali ko'rmaganman. SHuning uchun klub rahbariyatiga o'zimning alohida tashakkurimni etkazgan bo'lar edim", - deydi Dilyaver Vaniev.


XAYR FUTBOLCHI - VANIEV, SALOM MURABBIY - VANIEV!

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика