So’nggi yangiliklar

02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  0 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  1 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  4 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  2 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  10 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  10 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  33 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  10 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  18 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  9 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  151 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  20 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  2 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  474 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4

FOTOMAQOLA. "Buxoro" yangi futbolchilarini muxlislarga tanishtirdi Yangiliklar

FOTOMAQOLA. "Buxoro" yangi futbolchilarini muxlislarga tanishtirdi

Teglar :  BuxoroTanishtiruv
Avval xabar berganimizdek, bugun Buxoro jamoasi davralar oralig'ida o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarini keng jamoatchilikga tanishtirdi.

Tadbir ikki qismdan iborat bo'ldi. Dastlab "Buxoro sport majmuasi"ning anjumanlar zalida yangi futbolchilarni klub rahbariyati va bosh murabbiy ommaviy axborot vositalariga tanishtirib, ular haqida ayrim malumotlarni berib o'tdi. So'ngra ikkinchi qism stadionda tashkil etildi. Unda jamoaning ashaddiy ishqibozlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan bosh murabbiy Ulug'bek Baqoevga va shuningdek tarkibdagi futbolchilarga murojaat qilishdi. Quyida ana shu tanishtiruv marosimidan olingan suratlar bilan tanishing.

Tanishtiruv marosimining dastlabki qismida "Buxoro" klubi mutasaddilarining barchasi ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berib o'tishdi.


Jamoa natijalariga masul shaxs bo'lgan Ulug'bek Baqoevni olqishlashmoqda...



"Buxoro"ning yangi xaridlari oldi qatorni to'ldirib o'tirdi. Foydali transferlar deya umid qilamiz.


Klubimiz rahbariyati jamoani har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda. Ijobiy natijalar qayd etilishida ularning ham hissasi beqiyos.


Odatga ko'ra anjumanning birinchi qismida yangi futbolchilarga raqamlar topshirish marosimi ham bo'lib o'tdi. Etiborlisi Sanoev o'tkan yilgi kabi bu yil ham "Buxoro"da 87-raqamli libosda xarakat qiladigan bo'ldi. 


Rahbariyat bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev va umuman murabbiylar shtabiga bo'lgan ishonchi yuqori ekanligini bildirmoqda.


Bosh murabbiy davralar oralig'ida jamoa safiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar to'g'risida ayrim malumotlarni o'qib eshittirmoqda.


"Buxoro" yozgi transfer oynasida o'z safiga olti nafar yangi futbolchini qo'shib oldi.


Tadbirning ikkinchi qismi stadionda o'tkazildi. Unda tribuna ashaddiy ishqibozlar bilan gavjum bo'ldi.


Muxlislar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.



Salamat Qutiboev yana "Buxoro"ga qaytib kelganidan xursand ekanligini yashirmadi va muxlislar tomonidan bo'layotgan ishonch unga qo'shimcha kuch bag'ishlayotganini hamda bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil mexnat qilishini takidladi.


Buxorolik muxlislar ham o'z navbatida jamoa ishtirokidan mamnun ekanliklarini va kelgusida ham ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turishlarini bildirdi.


Qisqa fursat ichida mahalliy ishqibozlarning yoqimtoyiga aylanib qolgan legioner himoyachi, sardorimiz Vladimir Baenko ham tadbirda so'z olib, "Buxoro"ni kelgusida yanada yuqori o'rinlarda bo'lishi uchun bor mahoratini ishga solishini aytib o'tdi. 


Muxlislar "Buxoro"ni yanada yuqori o'rinlarda bo'lishini istamoqda.


Ulug'bek Baqoev: O'zim ham jamoamni chempion qilishni istayman!


Artyom Filiposyan: "Buxoro"ni ham sovrindorlar qatoriga kirishiga oz qoldi...


Azamat Allaniyozov "Buxoro"ga o'tkanidan xursand. Mahoratli hujumchi sermahsullik ko'rsatib, jamoa g'alabalariga o'z hissasini qo'shishga xarakat qilishini aytib o'tdi. Umid qilamizki, Allaniyozov sobiq jamoasi bo'lmish "Nasaf"ga qarshi kechadigan bahsda o'z gollari bilan "Buxoro"ga g'alaba keltiradi.

"Buxoro" matbuot xizmati.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика