So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  9 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  3 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  10 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  4 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

Fotomaqola: Barchasi o'yin oldi rasmiy mashg'ulot haqida Yangiliklar

Fotomaqola: Barchasi o'yin oldi rasmiy mashg'ulot haqida

Kundalikda yozib o'tganimdek, bugungi mashg'ulotlar juda erta boshlandi.
Terma jamoamiz stadionga etib kelganida eronlik futbolchilar o'z mashg'ulotlarini tugatayotgan edilar. Takidlash joizki, Eron asosan 1993 yilda tavallud topgan futbolchilari bilan kelgan.

Ertaga asosiy tarkibimizda ikkita o'zgarish bo'ladigan ko'rinadi. Hujumda nukuslik Alimov o'rniga SHodiev, himoyachi Hoshimov o'rniga vodiy o'g'loni Yo'ldoshev tushishi mumkin.

Mashg'ulotlarda oqlar tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi:
Eldor Suyunov, Bobur Yo'ldoshev, Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, Azamat Isroilov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov, Fozil Musaev, Sardor Rashidov, Igor Sergeev, Vohid SHodiev.

Sariqlar: Nikita Ribkin, Davron Hoshimov, Salim Mustafoev, SHerzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Dilshod Jo'raev, Farruh Sayfiev, Navro'zbek Alimov, SHahzodbek Nurmatov.

Mashg'ulot boshlanishi oldidan SHuhrat Maqsudov do'sti Mirjalol Qosimovni tabriklar ekan, unga uzoq umr, oilaviy baxt, shuningdek, turnirda g'olib chiqishni tiladi. Jamoa sardori Islom To'xtaxo'jaev futbolchilar nomidan murabbiyni tabrikladi.

SHundan keyin mashg'ulotlar qizib ketdi. Orada havo biroz o'zgardi. Guruhdagi so'nggi o'yinimizda meteorologlar yomg'ir yog'ish ehtimoli borligini aytishgan.




Mashg'ulotlar qiziqarli o'tyapti. Bu esa futbolchilar uchun ayni muddao




Ertaga Bobur Yo'ldoshev asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Yoshlar terma jamoasida vodiylik muxlislarni quvotirib kelgan himoyachidan umidimiz katta




Tabriklaymiz-qutlaymiz! Sog' va omon bo'ling, umuman olganda hammamiz sog' va omon bo'laylik!




Ehtiyot bo'ling eshiklar yopiladi, keyingi bekat - BAGAJ




Eldor Suyunov: - Bobur, "Maykon" jiddiy bo'lilar, rasmga tushyapmiz




Suyunov: - Bo'ldi kulaver




Naro'z Alimov: - Ega!
Egor Krimec: - Ha?
Naro'z Alimov: - Orqovuldan kelayatuvdim anqayib,
Oldimdan bir ko'za chiqdi do'mpayib.
Egor Krimec: - Xop nima qilibdi shunga?
Naro'z Alimov: - "Vooooo". - demaysanmi?
 



Ey qanaqa ko'za, mana Iya-yayayayayayaya!



Nodirxo'ja Yuldashev
Incheon
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика