So’nggi yangiliklar

20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  0 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  0 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  2 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  1 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  2 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  2 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  4 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  1 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  1 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  4 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  2

Fotomaqola. 2023 yilda ajoyib hissiyotlarni bergan, takrorlanmas lahzalarni taqdim qilgan U-20 Osiyo Kubogini yodga olamiz Yangiliklar

Fotomaqola. 2023 yilda ajoyib hissiyotlarni bergan, takrorlanmas lahzalarni taqdim qilgan U-20 Osiyo Kubogini yodga olamiz

Poyoniga etib borayotgan 2023 yil o'zbek futboli, terma jamoalarimiz uchun yutuqlarga, sovrinlarga boy o'tdi.

Yaxshi yilni yakunlash arafasida mavsum boshida barcha o'zbekistonlik muxlislarning qalbiga quvonch olib kirgan, mehrini qozongan, futbolga qaytargan U-20 Osiyo Kubogini va terma jamoamizning chempionligini, hissiyotlarni surtalar orqali yodga olamiz. Bayramona dasturxon atrofida yorqin lahzalarni yana bir bor eslashga nima etsin?



Suriyaga qarshi kechgan ochilish uchrashuvi. Argentina tomon sarguzashtlarning boshlanishi. CHempionlik uchun tashlangan dastlabki qadam. Hammasi shu kundan boshlangan edi.


O'zbekiston U-20 terma jamoasining maydondagi 11 o'g'loni. Mazkur turkibdagi yigitlardan 3 nafari 2024 yil milliy terma jamoadan taklif oldi va Qatardagi Osiyo Kubogida ishtirok etishga yaqin turibdi. Bu futbolchilarda chempionlik ruhi bor va ularga shunchaki imkoniyat berish kerak, tamom. 


Abbosbek Fayzullaevdan ajoyib jarima zarbasi va musobaqadagi birinchi golimiz raqib darvoza to'ridan joy oldi. Suriyalik posbon har qancha urinmasin, barchasi samarasiz bo'lganini o'zi ham tushunib etgan. 


Osiyo Kubogining 1-turida muxlislar stadionga suniy tarzda olib kelingan va ularning aksariyati talabalar edi. Hattoki, terma jamoadagi futbolchilarni ham tanishmasdi. Stadion suhandoni shu lahzalarda gol muallifini elon qiladi. Muxlislar tanib ulgurishgandi. Bu - Abbosbek Fayzullaev edi.


Futbolchilar o'yinga tayyorgarlik ko'rish bilan birgalikda golni nishonlash uchun ham alohida taraddud qilishgan. Har bir gol o'zgacha tarzda nishonlangan. 


Ishoning, mana shu o'yindan so'ng keyingi turlarga talabalarni chaqirishni hojati bo'lmagan. CHunki futbolchilarimizning ajoyib o'yinlari ularning o'zini stadionga kelishiga majbur qila olgan. 


Musobaqaning 2-turida finaldagi raqibimiz Iroq ro'baro' kelgan. Bu o'yinda Po'latxo'ja Xoldorxonovning yagona goli muddatidan avval keyingi bosqichga chiqishimizni taminlagan. 

Futbolning asl shinavandalari, muxlislari vodiyda ekanligi hammaga malum. Yurtimizdagi katta futbol havosidan vodiyni quruq qoldirish noto'g'ri edi. Tashkilotchilar shuni hisobga olgan holda 3-tur uchrashuvini Farg'onada o'tkazishgandi. 


Uchinchi turga kelib guruhdan chiqish masalasi ijobiy hal qilingach, Indoneziya bilan o'yinda Ravshan Haydarov rotatciyalarga qo'l urdi.

 
Farg'onadan Toshkentga qaytamiz. O'zbekiston - Avstraliya uchrashuvi g'olibi o'ziuchun Jahon chempionati eshiklarini ochardi. "Kengurular"ning ustimizdan sakrab o'tishiga yo'l qo'ymagan edik.CHorak finalga kelib talabalar va muxlislarni suniy jalb qilishga aslo ehtiyoj qolmagandi. Xalq o'z qahramonlarini ko'rish uchun stadion tomon talpindi. 


Uchrashuvda Avstraliya hisobni ochadi. Eslatib o'tamiz, turnir davomida o'z darvozamizdan faqat 1ta gol o'tkazib yuborganmiz. Gabriel Popovich gol urgan vaziyat Jahongir Fayzullaevning fotoradaridan qochib qololmadi.

Zarbaga zarba, seyvga seyv va golga gol bilan javob berish kerak! Zafarmurod Abdirahmatov hali hech narsa tugamaganini, aksincha endi o'yin boshlanganini o'z goli bilan eslatib qo'ygan edi. Zafarmuroddan zafarli yurish.


Navbat penaltilar seriyasiga. Mana shunday pallalarda futbolchilarning birdamligi, bir-biriga ishonchi barcha narsadan ustun hisoblanadi. 



Futbol lotoreyasida "oq bo'rilar"ning ovi baroridan kelgan va Jahon chempionatiga chiptani qo'lga kiritgan. Omad kuchlilarga kulib boqadi. Bu musobaqada O'zbekistondan boshqa kuchli jamoa yo'q edi.
Suratdagi yigitcha avval mundialga, bir necha oy o'tib esa Franciyaga chipta oldi. Abduqodir Husanov Qatarda ham milliy terma jamoamiz mudofaa chizig'ining asosiy qalqonlaridan biri bo'lsa ajab emas. 


Yuqorida aytganimizdek, futbolchilar g'alabali onlarni nishonlash uchun ham mahsus reja ishlab chiqishgan. Bu suratga ortiqcha tarif berish shart emas. Doim qalbimizdasan, Farhod!


Bunday onlarda butun vujud madhiyaga hamohang jo'r bo'lib kuylaydi. Tanadagi tomirlargacha larzaga keladi. Vatan bitta, u tanlanmaydi. Mundial masalasini hal qilib bo'lgan vakillarimiz endi chempionlik sari yo'lda davom etardi. Yarim finalda esa Janubiy Koreya to'sig'i turardi. 


O'zbekistondan ham yana kim bor zo'r,

Millionlab nigohlar oqqan siz tomon. 

Tepgan to'pingizni tanib olsin to'r,

Zarbingizdan raqib titrasin tamom


Uchrashuvning 20-daqiqasida Po'latxo'ja Xoldorxonov jarohat sabab maydonni tark etadi. 


2023 yilda O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi, U-20 terma jamoamizning birinchi, o'zining ikkinchi kubogini qo'lga kiritgandi. Ravshan Haydarov haqiqatdan ham omadli murabbiy. 


Jarohat olib maydonni tark etgan Po'latxo'ja Xoldorxonov do'stlarini oldinga chorlamoqda. SHu onda Krishtianu Ronalduning Evro-2016 finalidagi holati esimga tushib ketdi. O'shanda Portugaliya finalda Franciyasini taslim qilib, chempionlikni qo'lga kiritgandi. 


Otabek Boymurodov degan nom shu kuni barchaga malum bo'lib ulgurgandi. Penaltilar seriyasida raqibning 3ta zarbasini qaytargan va finalga yo'llanmani qo'lga kiritilishida bosh qahramon bo'lgan Boymurodovni endi barcha tanir edi. 



Futbolchilar yarim final qahramoni tomon oshiqishmoqda. Bunday lahzalar uchun futboldan minnatdor bo'lsang arziydi. Millionlar o'yinidagi yoqimli onlarni milliardlarga ham topib bo'lmaydi. 



Kurashing, to'zg'iting yashil gilamni, 

Gol degan hayqiriq tutsin olamni.

Yurt shani turganda qadamni tezlang,

Bolalar yod olsin sara siymoni.




Abbosbek Fayzullaev O'zbekistondagi millionlab bolalarning orzu-quvonchi. Qahramoni va sevimli futbolchisiga aylana oldi. Abbosni nafaqat kattalar, bolalar ham yaxshi ko'radi. Suratda esa o'z qahramonining futbolkasiga ega chiqqan bolakay.

 

We want the cup - Biz kubokni istaymiz. Biz finaldamiz. Iroqni yut va chempion bo'l. 


Finalni tomosha qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ham tashrif buyurdi. Bu so'z bilan tariflab bo'lmas ajoyib onlar edi. 



Etibor bering, yarim finalda jarohat olib maydonni tark etgan Po'latxo'ja Xoldorxonov finalda oyoqlarida bog'lam bilan maydonga tushgan edi. 


Umarali Rahmonaliev penaltidan hisobni ochdi va bu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi. 


Gol, degan naradan silkinar samo, maydon mag'rurlanar mardlar ishidan. 

Xursandchilikning cheki yo'q edi. Bu kunlar uchun ular uzoq yo'lni birgalikda bosib o'tishdi. Astoydil qilingan mehnat hech qachon samarasiz qolib ketmaydi. 


Barcha fotosuratchilarning nigohlari ularga qaratilgandi. Tarix uchun muxrlangan hissiyotlarni tomosha qiling. 


Musobaqaning "eng yaxshi darvozaboni" - Otabek Boymurodov. 


Turnirning "eng yaxshi futbolchisi" - Abbosbek Fayzullaev. U bunga munosib edi va keyinchalik ham bu tasodif emasligini isbotladi. Harakatdan to'xtama Abbos!


G'alaba doim yoqimli ayniqsa davlat rahbari bilan bir safda nishonlansa. Bularning barchasi mamlakatimizda futbolga berilayotgan etibor samarasidir. 


Ravshan Haydarov va uning murabbiylar shtabi. Har bir jamoa bosh murabbiyining ortida kuchli murabbiylar shtabi turadi. 


Akalariga intilayotgan ukalar. Tez orada bu yigitlar orasidan ham chempionlar chiqishiga umid bildirib qolamiz. Bir paytlar Umarali, Abbos ham ularning rolida edi. Vaqt o'tyapti, vaqt sinovidan o'ta olganlargina katta marralarni egallamoqda. 


Mana shunday mard va oliyjanob futbolchilarni dunyoga keltirgan onalarga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Umarali Rahmonaliev kubokning haqiqiy egasi onasi bilan birga nishonlamoqda. 


SHu bilan yakunlaymiz. Yangi yilda terma jamoalarimiz yangi yutuqlar, sovrinlar bilan bizni yana xushnud qilishadi, degan umiddamiz. Yangi yilingiz bilan.

Jahongir Fayzullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика