So’nggi yangiliklar

15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  0 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  8 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  5 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  1 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  5 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5

FOTOGALEREYA. Qatar – O'zbekiston 3:0 Yangiliklar

FOTOGALEREYA. Qatar – O'zbekiston 3:0

Qatar poytaxti Doxa shahridagi “Laxviya” stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi mezbonlarga qarshi maydonga tushdi va kutilmaganda yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

18-daqiqada Sebastyan Soriya Kuintana, 43-daqiqada Hassan Al Haydos olis masofadan, o'yinning 66-daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushgan Mashaal Abdulla Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol qildi. Bu hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmadi va Qatar o'z uyida yirik hisobdagi g'alabani nishonladi.

Etiborlisi, aynan O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yin maydon egalari etakchisi, ilk gol muallifi Sebastyan Soriya Kuintana uchun Qatar terma jamoasi libosidagi yubiley 100-uchrashuv bo'ldi.  

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz bugun Doxadan BAAga jo'nab ketadi. Mirjalol Qosimov shogirdlari Dubay shahrida 10 oktyabr kuni Bahrayn, 14 oktyabrda BAA milliy terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi. Bu uchrashuvlarda milliy terma jamoamizning legionerlari ham ishtirok etishadi.  

O'rtoqlik uchrashuvi.

6 oktyabr. Doxa, Qatar.

QATAR – O'ZBEKISTON  3:0

Gollar: Sebastyan Soria Kuintana (18), Hassan Al Haydos (43), Mashaal Abdulla (66).

Qatar: Qosim Burhon, Abdulaziz Hatim, Abdulkarim Hassan (Xolid Mufta, 84), Hamis Ismoil, Bilol Muhammad, Vesam Riziq (Majid Muhammad Hassan, 66), Xalfan Ibrohim (Husayin Ali Husayin, 75), Sebastyan Soriya Kuintana (Mashal Abdulla, 66), Ibrohim Majid, Hasan Al Haydos, Musab Mahmud (Muhammad Musa, 34)

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Egor Krimec (SHavkat Mullajonov, 83), Bobur Yo'ldoshev (Islom To'xtaxo'jaev, 76), Javlon Ibrohimov (Fozil Musaev, 67), Vladimir Kozak, SHuhrat Muhammadiev (Akmal SHorahmedov, 46), Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov, Vohid SHodiev (Navro'z Alimov, 70), Salim Mustafoev, Sardor Rashidov (Farruh Sayfiev, 70).

 Ogohlantirishlar: Salim Mustafoev 20, Muhammad Musa 64, Bobur Yo'ldoshev 65, Ibrohim Majid 67.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика