So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Fotogalereya. "Paxtakor"ning navbatdagi mashg'uloti OAV uchun ochiq bo'ldi Yangiliklar

Fotogalereya. "Paxtakor"ning navbatdagi mashg'uloti OAV uchun ochiq bo'ldi

Kecha SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" jamoasi Jar stadionida o'zining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.


SHota Arveladze boshchilik qilgan mashg'ulot yuqori tempda o'tdi. Laslo Yambor dastlab odatdagidek futbolchilarni  chigal yozdi mashqlari bilan "qizitib" oldi. So'ngra SHota Arveladze futbolchilar bilan ishladi.


Mashg'ulotda jamoaning yangi futbolchilaridan faqatgina ikkita legioner futbolchi: Marko Simich hamda Tiago Bezarre ishtirok etdi. SHerzod Azamov, Eldorbek Suyunov hamda Gidi Kanyuk 11 iyul kuni Toshkentga etib kelishlari ko'zda tutilgan.

Mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda, yuqori tempda o'tdi. Avvaliga futbolchilar to'pni kombinacion o'yin orqali darvozaga tepishni mashq qilishdi. Keyinchalik esa futbolchilar "qizillar" va "sariqlar"ga bo'lingan holda to'pni qaysi jamoa ko'proq bir-biriga uzatish o'ynashdi. Belgilangan soniya davomida bir jamoa futbolchilari to'pni maydonni ikkinchi tarafiga olib o'tishlari lozim bo'ldi. Bu mashg'ulot beshta qismga bo'lingan holda taxminan 30 daqiqa davom etdi.


SHundan keyin esa futbolchilar ikkiga bo'linib futbol o'ynashdi. SHota Arveladze mashg'ulotning so'nggi qismida pozicion hujumga o'tish ustida ishladi.


Mashg'ulotlarga jarohati bois Stanislav Andreev, Jamshid Boltaboev hamda Javohir Sohibov ishtirok etishmadi. Jamshid Boltaboev tez orada safga qaytishi kutilmoqda. Javohir Sohibov va Stanislav Andreevning qachon maydonga qaytishi hozircha nomalum.

Jamshid Iskanderov esa chigalyozdi mashqlaridan keyin yakka tartibda shug'ullandi. Iskanderov bilan Laslo Yambor individual tarzda ishladi.

Kechagi mashg'ulotda "Paxtakor" darvozabonlari umumiy guruhda shug'ullanishdi. Yani, darvozabonlar murabbiyi turkiyalik Ibrohim Yilmaz hech bir kiper bilan yakka tartibda shug'ullanmadi. Jamoa ikkiga bo'linib o'ynagan payti o'z shogirdlariga darvoza ortidan ko'rsatmalar berib turdi.

Fotogalereyani to'liq qismini quyidagi havoliga o'tib tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика