Forlan: "Grizmann va Neymar hali Messi hamda Ronaldu darajasiga etgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
18 sen 2018
"Atletiko" sobiq futbolchisi Diego Forlan "matraschilar" hujumchisi Antuan Grizmanning so'zlariga izoh berdi.

Oldinroq, fransiyalik o'zini Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan bir darajada ekanligini aytgan edi.

"Krishtianu va Messi - bu dunyoning eng yaxshi futbolchilari. Grizmann hali bu darajaga etgani yo'q. Neymar ham. Shunga qaramay bu ikkisi Messi va Ronalduga eng yaqin bo'lgan futbolchilar" - deydi Forlan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS