So’nggi yangiliklar

20:16Евро-2024. Англия – Швейцария. Таркиблар маълум  0 20:06"Сўғдиёна" - "Нефтчи". Кимлар асосий таркибда?  2 19:53"Арал" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  4 19:43"Локомотив" "Краснодар" тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  0 19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  1 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  3 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  18 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  2 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  17 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15 15:35ЖЧ саралаш олдидан. 5 сентябргача нима қиламиз?  6

Florentino Peres: “SHundoq ham jahonning eng yaxshi jamoasimiz” Yangiliklar

Florentino Peres: “SHundoq ham jahonning eng yaxshi jamoasimiz”

“Real” prezidenti Florentino Peres FIFA uning klubiga qarshi kiritgan sankciyasidan jahli chiqqani, lekin ishlar yaxshi bo'lishiga ishonishini bildirdi.


Karim Benzema va Zinedin Zidan haqida ijobiy fikrlar aytib o'tdi. “Frans Futbol” nashri muxbiri suhbatni FIFAning taqiqi yuzasidan berilgan savol bilan boshladi.

– FIFA “Real”ga qarshi sankciya elon qilganini bilganingizda bunga qanday munosabat bildirdingiz?

– Dastlab juda hayratlandim va bu qandaydir tushunmovchilik deb o'yladim. Bizni jazolashganiga sabab bo'lgan futbolchilar ro'yxatida Zidanning o'g'illari ham borligi g'alati. Hamma yaxshi biladi, Zidan 2001 yildan buyon Ispaniyada yashaydi.

Unda klubni nimada ayblashmoqda?

– Reglamentning uch bandini buzganlikda. Birinchisi: yosh futbolchilar federal licenziyasiz o'ynash huquqiga ega emas. Ikkinchisi: klub Ispaniya federaciyasiga o'yinchi kartochkasini yuborishi shart. Uchinchisi: klub yosh xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun FIFAdan ruxsat olishi kerak. Biz ularning barchasini bajarganmiz!

FIFA bilan munosabatingiz qanday?

– “Real” – FIFAning tashkil etilishida qatnashgan yagona klub hisoblanadi! SHuning o'zi hammasini aytib turibdi.

Biz jahonning 70dan ortiq mamlakatida ijtimoiy loyihalarni tashkil etamiz va homiylik qilamiz. “Real”ni bolalar huquqini buzishda ayblashgani mantiqsizlik, unda bolalarga qanday yordam beramiz? Bu faoliyatimizning asosiy yo'nalishi sanaladi. Ayni paytda 400dan ortiq dastur orqali 40 mingdan ortiq bolalarga yordam berib kelamiz.

Qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirish kerak emasmidi? CHunki navbatdagi ikki transfer davrida futbolchilar sotib olinmasligi ehtimoli mavjud.

– Bunday qilmadik. Gap taqiqda emas. SHunchaki biz kuchayishga muhtoj emasmiz. SHundoq ham jahonning eng yaxshi jamoasimiz. Va bizda eng yaxshi murabbiy bor.

– Zidanning “Real” murabbiylar o'rindig'ida paydo bo'lishi sizda qanday hislarni uyg'otdi?

– Xuddi 2001 yilning iyulida uni “Real” o'yinchisi sifatida tanishtirganimdek. Ishonmaysiz, haligacha ko'chalarda odamlar meni to'xtatib, gapirishadi: “Prezident, bizga Zidanni sovg'a qilganingiz, uni “Santyago Bernabeu”da ko'rish imkoniyatini taqdim etganingiz uchun rahmat”. U “Real” tarixiga futbolchi sifatida kirdi va murabbiy bo'lib ham shunday qiladi. CHunki Zidan – buyuk. “Real”da!

– U murabbiy bo'lishni xohlayotganini qachon bilgansiz?

– U o'ynashni to'xtatganda bu haqida o'ylamagandim ham. 2012 yil u birdaniga menga murabbiy bo'lishni istayotganini aytdi. O'shanda kun kelib, Zidan “Real” bosh murabbiyi bo'lishini tushundim. Boshqaruv majlisi murabbiy almashtirishga qaror qilganda unga darhol qo'ng'iroq qildim va lavozimni egallash xohishi to'g'risida so'radim.

Uning munosabati qanday bo'ldi?

– U darhol ijobiy javob berdi. Qatiy va ishonch bilan.

– Uning tayyorligiga shubhalanmadingizmi?

– Hech qachon. “Real”da ishlash juda qiyin, bu erda murabbiy katta hurmatga ega bo'lishi lozim. SHu sababli biz futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biriga ishonch bildirdik.

Nima uchun Zidanda barchasi yaxshi ko'rinish olishi mumkin?

– CHunki unda boshqaruvchilik xususiyati mavjud, nima xohlashini aniq biladi. “Real”ga o'yinchi sifatida kelganda jamoa birdaniga yangi saviyaga chiqqandi. Hozir ham unga shubha qilmayman. Uni tayinlashganda nafaqat futbolchilar, balki muxlislar ham ijobiy munosabat bildirishdi. “Bernabeu”ga kelsangiz, o'zingiz ko'rasiz.

Madridda Zidan tanqiddan himoyalanganmi?

– Bu erda uni xalq yaxshi ko'radi. Futbolda kimnidir yaxshi ko'rish nima degani? Bu chipta sotib olib, o'yinchini ko'rish degani. To'pni qanday boshqarayotgani, jamoani nazorat qilishi. Bunday holat 5 yil davom etgan. Ko'pchilik Alfredo Di Stefano bilan taqqoslaydi. Katta yoshli odamlar Di Stefano qanday o'ynaganini ko'rganini gapirishardi. Hozirgilar Zidan haqida shunday fikr bildiradi.

– U boshchiligida dastlabki o'yinlar qanday taassurot qoldirdi?

– Zidan “Real” shunchaki yutmasdan buni chiroyli amalga oshirishi kerakligini yaxshi biladi. U tomoshabop o'ynashi lozim. “Buyuk artist”dan boshqa kim o'yinchilarga xalq nima istayotganini yaxshiroq tushuntira oladi? Savolingizga javob shu. Umid qilamanki, Zidan murabbiy rolida ko'p yillar ishlab, bizni g'alabalarga etaklab boradi.

– Boshqa bir francuz, Karim Benzemani juda himoya qilyapsiz. Valbuena bilan bog'liq ishda nega bunchalik uning tarafini olyapsiz?

– CHunki u ajoyib inson va takrorlanmas futbolchi. 2009 yildan beri Karimning qanday halol insonligini ko'rib kelaman. Unda klub, murabbiy yoki jamoadoshlari bilan muammo bo'lmagan. Etti yilda Ispaniya chempionatida etti bor sariq kartochka olgan! U futbolchi sifatida Ronaldu va Zidan o'rtasidagi o'yinchi. Uni doim qo'llab-quvvatlaymiz. U yaxshi inson va do'st sifatida Valbuenaga yordam berishni xohlaganiga shubhalanmayman. Uning aybdor deb topilishini tasavvur ham qilolmayman!

“PSJ” ishqibozlari Ronalduni Franciyada ko'rishmoqchi.

– Hayratlanarli joyi yo'q, Krishtianu – jahonning eng yaxshi futbolchisi, “Real” etakchisi. U Di Stefanoning izdoshi, unga bu erda qulay. SHuning uchun u hech qachon “Real”dan ketmaydi. Eng yaxshi futbolchi jahonning eng yaxshi klubida o'ynashi kerak.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика