Flik: “O'z ishimizni o'zimiz qiyinlashtirib yubordik”
26 noy 2020 09:50
Yangiliklar


Flik: “O'z ishimizni o'zimiz qiyinlashtirib yubordik”
“Bavariya” ustozi ECHL 4-turida “Zalcburg”ga qarshi bahsdan (3:1) so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz o'z oldimizga guruhdan chiqish vazifasini qo'ygandik. Ammo biz o'z ishimizni o'zimiz birinchi bo'limda to'pni juda oddiy vaziyatlarda yo'qotish orqali qiyinlashtirib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa biz yaxshiroq edik, chetlatishdan so'ng ham muammoga duch kelmadik. Men mamnunman — 4-o'yin va 4-g'alaba. Bugungi samaradorlikdan qoniqdim, ortimizda esa dunyo darajasidagi darvozabon bor”, — deydi Flik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar