Flik: "Nega Messining murabbiyi bo'lishni istamas ekanman?"
21 noy 23:50
Yangiliklar
Flik: "Nega Messining murabbiyi bo'lishni istamas ekanman?"
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik jamoaning sobiq futbolchisi Leo Messining "Kamp Nou"ga kelib ketgani haqida gapirdi.
- Leo Messining "Kamp Nou"dagi suratini ko'rgandirsiz. Uning murabbiyi bo'lishni istaysizmi?
- Nega Messining murabbiyi bo'lishni istamas ekanman? U so'nggi o'n, balki undan ham ko'proq bo'lgan yillarning eng yaxshi futbolchisi. Uning o'yinlarini doimo qadrlaganman.
Biroq uning klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha, meniki esa 2027 yilgacha. Demak, savol boshqa odamlarga yo'naltirilish kerak, - dedi Xansi Flik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar