Flik: “Bavariya” 60-daqiqadan keyin futbol o'ynashni to'xtatdi”
08 dek 2019 09:21
Yangiliklar


Flik: “Bavariya” 60-daqiqadan keyin futbol o'ynashni to'xtatdi”
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flie Bundesliga 14-turi doirasida “Borussiya” (Myunxengladbax)ga qarshi (1:2) bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Biz juda ko'plab vaziyatlarni yaratdik. Meni qiynayotgan jihat, o'sha vaziyatlarni golga aylantirib, raqibni bir necha to'pga ortda qoldirishimiz lozim edi. Bu “Borussiya”ga o'yinda qolish imkoniyatini yaratdi. O'tgan haftada “Bayer” bilan ham xuddi shunday holatga tushgandik.
60 daqiqa davomida yaxshi o'yin namoyish etdik. So'ngra “Borussiya” ayni paytda nima uchun turnir jadvalida peshqadamlik qilayotganining sababini ko'rsatib berdi. Biz o'sha daqiqadan boshlab futbol o'ynashdan to'xtadik” deydi Flik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar