So’nggi yangiliklar

15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  1 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  15 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  20 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3

“Fisht” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

“Fisht” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlarning eng janubiysi “Fisht” haqida malumot beramiz.

•    “Fisht” stadionida JCH-2018ning 6ta o'yini bo'lib o'tadi
•    Arena 2014 yilda bo'lib o'tgan qishki Olimpiada munosabati bilan barpo etilgan.
•    Ushbu stadion Fisht tog'i nomiga atab qo'yilgan


O'yinlar
Aynan shu stadionda JCH-2018 guruh bosqichining eng kutilgan o'yinlaridan biri — Portugaliya va Ispaniya o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, guruh bosqichining yana 3ta o'yini, 1/8 final va chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Imkoniyatlari
CHempionat vaqtida “Fisht” stadioniga 48 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin bo'ladi.


Joylashgan o'rni

Stadion Qora dengiz qirg'og'i bo'yida, 2014 yilgi qishki Olimpiada o'yinlari o'tkazilishi uchun maxsus qurilgan. Atrofida o'sha musobaqa uchun qurilgan inshootlar va “Formula-1” trassasi mavjud.

Bilasizmi?
Stadion aytib o'tganimizdek, asosiy Kavkaz tizmasida joylashgan tog' nomiga qo'yilgan. Adigey tilidan tarjima qilinganda “fisht” so'zi “oq bosh” degan manoni anglatadi. Arena britaniyalik arxitektorlar tomonidan loyihalashtirilgan.



Dastlabki o'yinlar
“Fisht” stadionidagi ilk o'yin 2017 yil bo'lib o'tgan. 28 mart kuni ushbu arenada Rossiya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi, 2 mayda esa “Ural” va “Lokomativ” jamoalari o'rtasidagi Rossiya Kubogi bahsi bo'lib o'tdi. Yozda esa FIFA Konfederaciya Kubogi o'tkazilgandi.

Meros

Jahon CHempionatidan keyin Rossiya terma jamoasi Sochida rasmiy o'yinlarining bir qismi va o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, arenada boshqa ommaviy tadbirlar o'tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика