"Fiorentina"ga "Liverpul" hujumchisi kerak
22 dek 2020 12:55
Yangiliklar


"Fiorentina"ga "Liverpul" hujumchisi kerak
"Fiorentina" rahbariyati yanvar oyida "Liverpul" hujumchisi Divok Origi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Ayni damda florenciyaliklar 16-o'rinda bormoqda va xavfli zonadan atigi 4 ochko oldinda bo'lib turibdi. Belgiya termasi futbolchisi esa jamoani jar yoqasidan olib chiqishi kutilmoqda.
"La Repubblica"ning yozishicha, qishda "Fiorentina" hujum chizig'ini kuchaytirishni reja qilmoqda. Zero hujumdagi Dushan Vlaxovich, Kristian Kuame va Patrik Kutrone ushbu mavsumda atigi 4 gol urdi.
Diogu Jotaning transferidan keyin Origi zaxirada qolib ketmoqda, deyarli maydonga tushmayapti. Bu ham futbolchining jamoasini almashtirishi uchun sabab bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 10

Fikrlar