So’nggi yangiliklar

14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  3 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  8 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  0 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  13 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  61

Final. "Nasaf" "Paxtakor" bilan nechanchi marta to'qnashadi? Yangiliklar

Final. "Nasaf" "Paxtakor" bilan nechanchi marta to'qnashadi?

Teglar :  Nasaf "Paxtakor"
Ertaga O'zbekiston kubogi 2021 yilgi mavsumining yakuniy bahsi o'tkaziladi.

Samarqandda o'tadigan to'qnashuv musobaqa tarixidagi 29-finalga aylanadi. Ertaga "Paxtakor" 17, "Nasaf" 7-marta kubok finalida maydonga tushadi. Malumot uchun, "sherlar" O'zbekiston kubogining 13 karra g'olibi, "ajdarlar" esa faqat 2015 yilgi musobaqada zafar quchishgan. Etiborli jihati, mazkur jamoalar kubok finalida 3-bor to'qnash kelishadi. Bundan oldingi har 2 o'yin poytaxt vakilining g'alabasi bilan tamomlangan. Oldingi o'yinlarning har ikkovi (2003, 2011 yillar) "Paxtakor" maydonida o'tkazilgan va bir xil hisob bilan yakunlangan edi.

PAXTAKOR - NASAF - 3:1 (2:1)

15.08.2003. Toshkent, "Paxtakor" stadioni (15000 muxlis). 

O'zbekiston kubogi finali. 

Referi: Noil Lutfullin

Gollar: 1:0 - Jeparov Server, 13, 2:0 - Koshelev Leonid, 33, 2:1 - Mavlonov Dilshod, 38, 3:1 - Kosimov Mirjalol, 84

PAXTAKOR: Nesterov Ignatiy; Alikulov Asror; Krushelnickiy Yaroslav; Gochguliev Gochguli; Tojiev Kamoliddin (Kosimov Mirjalol, 46); Koshelev Leonid; Jeparov Server; Kapadze Timur; Kiryan Vladislav; Tojiev Zayniddin (Bikmaev Marat, 70); Soliev Anvar (Nikitkov Yuriy, 85)

NASAF: Osmonov Narimon; Hamroev Jasur; Fayziev Davron; Haydarov Baxrom (Sultonov Nurali, 66); Hakimov Rustam (Qilichev Otabek, 84); Kenjaev Kamoliddin; Qoraev Botir; Berdiev Ro'ziqul; Keldiev Vali (Jo'nashev Jalol, 89); Xolmurodov Zafar; Mavlonov Dilshod (Toshpo'latov SHuhrat, 67)

Ogohlantirishlar: Fayziev Davron, 63; Kosimov Mirjalol, 65; Keldiev Vali, 87

Fakt: Ajdarlarning ayni paytdagi ustozi Ro'ziqul Berdiev 2003 yilgi finalda 90 daqiqa harakatlangan.

PAXTAKOR - NASAF - 3:1 (2:0)

13.11.2011. Toshkent, "Paxtakor" stadioni (12005 tomoshabin). 

Referi: Ermatov Ravshan

Gollar: 1:0 - Klimiashvili Irakli, 5, 2:0 - Kleckov Aleksandr, 29, 3:0 - Klimiashvili Irakli, 82, 3:1 - Jiyamurodov Jaxongir - penalti, 90+3

PAXTAKOR: Jo'raev Timur; Krimec Egor; Ismatullaev Akbar; Maxaradze Kaxi; Abduxoliqov Temurxo'ja (Kozak Vladimir, 65); Kleckov Aleksandr; Karimov SHerzod (Maxstaliev Abbosbek, 87); Xoshimov Davron; Klimiashvili Irakli (Hakimov Temur, 83); SHarofetdinov Dilshod; Andreev Stanislav

NASAF: Kozachenko Dmitriy; Karimov Maqsud; Qoraev Botir (Filiposyan Artyom, 69); Jiyamurodov Jaxongir; Pereplyotkins Andrey; SHomurodov Ilxom (Otaqo'ziev Nosir, 68); Gevorkyan Artur (To'raev Kenja, 77); Boshkovich Ivan; To'raev Lutfulla; Malishich Boyan; Baydullaev Erkin

Ogohlantirishlar: Boshkovich Ivan, 19; Malishich Boyan, 28; Xoshimov Davron, 49; Gevorkyan Artur, 50; Jiyamurodov Jaxongir, 64; Kozak Vladimir, 89

Fakt: Botir Qoraev oldingi finallarning har ikkalasida maydonga tushgan. U ayni paytda "Nasaf"ning sport direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.

2011 yilgi finalda o'ynagan Vladimir Kozak hamda Egor Krimec hozir ham "Paxtakor" safida to'p tepishyapti. Ammo ular ertaga ko'p ehtimol bilan maydonga tushishmaydi. "SHerlar" sardori ayni paytda jarohatini davolash bilan band bo'lsa, Kozak oktyabr oyidan beri qaydnomaga kiritilmayapti.

Etiborli jihati, "ajdarlar"ning bungacha oxirgi bo'lib turgan finali (2016 yil) ham aynan "Dinamo" o'yingohida o'tkazilgan va "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berilgan edi. Nima deb o'ylaysiz, "Nasaf" 3-urinishda "Paxtakor"ni kubokdan mosuvo qila oladimi?

Anana buzildi! (qiziq faktlar)

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика