So’nggi yangiliklar

08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  2 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  6 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4

Final fotomaqolasi - III. Maydonda g'oliblar... Yangiliklar

Final fotomaqolasi - III. Maydonda g'oliblar...

Uchrashuv yakuniga etishi bilanoq "Nasaf" va unga befarq bo'lmagan barcha o'zini maydonga urdi.

Avvaliga Ravshan Ermatovning final hushtagi yangragach quvonayotganlar to'rtga bo'lindi. Maydondagi futbolchilar, zaxira o'rindig'idagi murabbiylar shtabi va futbolchilar, VIPdagi jamoa rahbarlari va muxlislar.

Aynan shu daqiqalardan boshlab yomg'irning tezligi oshdi. "Nasaf" fotomuxbiri Sardor Nurovning apparati allaqachon "charchagan"ligi uchun u menga o'z soyabonini tutib turishni maqul ko'rdi. Natijada "CA" va "Nasaf" fotoarxivi uchun ishlay boshladik. SHu o'rinda "Nasaf" FK rahbariyatidan Sardorni yillar davomida ayta olmay kelayotgan iltimosini, saytimizdagi "Nasaf" jamoasining minglab o'quvchilari nomidan iltimos qilardim, Sardorga yangi FOTOAPPARAT olib bering! Axir o'zi uchun emas, uning suratlari yillar o'tgacha "Nasaf" tarixi uchun as qotadi. Hech bo'lmasa, kubok mukofotidan futbolchilar "tashlab" yuborsalar, yangi apparatning puli chiqqan bo'larmidi... Ha, mayli... Demak, final quvonchlarini tomosha qilamiz!



Kubokning "mazasini" endi "Nasaf" ham tatib ko'ryapti...


Ilk marotaba FINALdan keyin, finalda ishlagan hakamlar brigadasi va finalchilarga diplomlar tan-tanali tarzda topshirilmadi. Yomg'ir bahona bo'la olmaydi. Bu birinchi yomg'irli final emas...

Bir, ikki, uch... Hozir Ro'ziqul Berdievni "otishadi"

Ana otishdi... Ro'ziqul Berdiev shu tepalikka chiqishni bir umr orzu qilgan bo'lsa ajab emas...


Maqsud Karimov "bo'ri boyvochcha"ni tribunadan tushirib oldi...


Obektivni yomg'ir tomchilari "bosib" oldi. Projektor shulasida suratlar mana shunday holga keldi. Va nihoyat "qirol Artur" o'z sovrinini qo'lga kiritdi.


Unda esa hammaning haqqi bor...


Yutgan jamoa "podium" haqida o'ylarmidi. Lekin PFL va O'FF vakillarining esdalik uchun suratga tushmaganliklari yaxshi bo'lmadi...


Bu erda "podium", orqadan kubok sohibining nomi, mushakbozlik, turli rangdagi sharlar bo'lishi mumkin edi...


"Nasaf" guruhining qo'shiqchilari SHuhrat Muhammadiev va Farrux Sayfievning "Ha Barat aka" qo'shig'iga, boyagina dir titirayotgan jamoa shifokori raqsga tushib beryapti...

Bejizga "Nasaf" jamoasining darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov kechagi g'alabasini otasiga bag'ishlamadi. Uning otasi, marhum Aleksandr Ivankovning o'zbek futbolida tutgan o'rni katta va 17 oktyabr uning tug'ilgan kuni edi.


Maqsud Karimov esa muxlislarga o'z minnatdorchiligini bildiryapti.


P,S: OAVlarni ruxsatsiz suratlardan foydalanishi man etiladi.

Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика