Final bo'ladigan Kievda minalashtirilgan joylar haqida xabar qilishdi
26 may 2018 17:16
Yangiliklar


Final bo'ladigan Kievda minalashtirilgan joylar haqida xabar qilishdi
Bugun, 26 may kuni Ukraina poytaxti Kiev shahrida "Real" hamda "Liverpul" o'rtasidagi CHempionlar ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bahs boshlanishiga bir necha soat qolganida anonim qo'ng'iroqlar orqali shahardagi beshta metro bekati minalashtirilgani xabar qilindi.
Bu qizil metro yo'lidagi "Dnepr", "Gidropark", "Levoberejnaya", "Arsenalnaya" hamda ko'k metro yo'lidagi "Geroev Dnepra" bekatlari.
Stanciyalar tekshiruv uchun vaqtincha yopib qo'yildi.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Liverpul" uchrashuvi 23:45da boshlanadi.

Fikrlar