Filipe Koutino: "Argentina bilan o'ynash doimo orzuim bo'lgan"
11 noy 2016 14:03
Yangiliklar
Filipe Koutino: "Argentina bilan o'ynash doimo orzuim bo'lgan"
JCH-2018 saralashi doirasida Argentinaga qarshi o'yin (3:0)dagi gollardan biriga mualliflik qilgan Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filipe Koutino o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Terma jamoa uchun o'ynayotganimdan juda ham faxrlanaman. Men uchun ajoyib o'yinchilar bilan birga mana shunday jamoa tarkibida Janubiy Amerika klasikosida maydonga tushish - baxt. Biz JCH-2018ga chiqish uchun kurashni davom ettiramiz.
Argentina bilan o'ynash doimo katta orzuim bo'lgan. Har bir bolakay Braziliya terma jamoasi libosini kiyib Janubiy Amerika klasikosida maydonga tushishni orzu qiladi.
Bugun biz yarim himoyani boshqardik, muxlislarimiz esa xushtak chalingandanoq bizga katta yordam berishdi. Biz juda ham baxtlimiz", - deydi Koutino.

Fikrlar