Filip Rayevac "Qo'qon-1912" tarkibiga qo'shiladi
01 mar 2020 17:38
Yangiliklar
Filip Rayevac "Qo'qon-1912" tarkibiga qo'shiladi
Coca Cola Superligasining 1-turini o'z maydonida "Buxoro" jamoasiga qarshi o'tkazib, yirik g'alabani qo'lga kiritgan "shunqorlar", tarkibni yana bir tajribali hujumchi bilan to'ldirishga yaqin.
Bir paytlar o'zining chiroyli o'yinlari va gollari bilan muxlislarni xursand qilgan serbiyalik hujumchi Filip Rayevac yana Qo'qonga qaytadigan bo'ldi. Rayevac 4 mart kuni jamoa tarkibiga etib kelishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda. Rayevac 2017 yilgi futbol mavsumini ham "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazgan edi. Superligada transfer oynasi 7 martga qadar davom etadi.
SHu o'rinda eslatib o'tish kerak, Filipp o'tgan mavsumning birinchi qismini "Lokomotiv"da o'tkazgan va Superligada 9 o'yinda bitta ham gol ura olmagandi. Keyinchalik u Serbiyaning "Indjiya" klubida faoliyatini davom ettirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar