Fil Jons: "Fergyuson barcha narsani bilardi"
11 apr 2020 22:24
Yangiliklar
Fil Jons: "Fergyuson barcha narsani bilardi"
"U bilan birga 2 mavsum ishladim. Aynan ser Aleks meni "Blekbern"dan olib kelgandi. Undan minnatdorman.
Menga boshqa klublardan ham takliflar bor edi. "Manchester Siti", "CHelsi", "Liverpul", "Arsenal", "Everton" kabi klublarga ham o'tishim mumkin edi.
Fergyuson men bilan suhbat o'tkazgan so'nggi murabbiy bo'lib qoldi. O'z agentim bilan birgalikda o'tirganimda MYUga o'tish istagim borligini aytganimdan keyin nimalar bo'lgani yodimda. Biz shartnoma shartlarini deyarli kelishganimiz ham yo'q. CHunki u mening istagimni bilib turgandi.
Uning futbolchilarni tushunishi boshqa murabbiylar fonida ajralib turardi. Futbolchilarni astoydil tushunadigan boshqa birorta murabbiyni ko'rganim yo'q.
U barchasini bilardi: futbolchi qachon dam olishi kerak, qachon o'yinga tushishi kerak, qachon quchoqlash kerak, qachon unga qattiq gapirish kerak, qachon unga o'ziga kelib olish uchun vaqt berish kerak...
U barcha yomon holatlardan chiqib keta olgan va bu doimo ko'z o'ngimda amalga oshardi", - dedi Jons.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar