So’nggi yangiliklar

23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  1 23:01"Мальорка" — "Реал". "Қироллик клуби"нинг таркиби маълум!  3 22:52"Кальяри" — "Рома". Шомуродов таркибдами?  4 22:40Александр Хомяков: "Руҳият билан боғлиқ тизимли инқироздамиз"  15 22:25"Манчестер Сити" меҳмонда "Челси"ни қийинчилисиз мағлуб этиб, янги мавсумни ғалаба билан бошлади  14 22:20Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 3:1, "шерлар" биринчи даврадаги мағлубият учун ўч олишди  0 22:06Суперлига. "Пахтакор" "Локомотив"дан биринчи даврадаги мағлубият аламини олди, Абдуманноповдан дубль ва ассист  9 21:54Лига 1. "Ланс" илк турда меҳмонда ғалаба қозонди, Ҳусанов захирадан майдонга тушди!  0 21:30БАА Лига кубоги. Ғаниев ва "Ал Батеҳ" илк ўйинда мағлуб бўлди  2 21:28ЦСКА сўнгги дақиқада ўтказиб юборилган гол эвазига мағлуб бўлди. Файзуллаев 86 дақиқа ҳаракат қилди  11 21:00Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган ўйинда "Сурхон" "Андижон"ни мағлуб этди  97 20:28Ўзимизнинг карикатура. "Air Alikulov" парвозини давом эттирмоқда  1 19:54ҚПЛ. Яхшибоевнинг дубли "Ордабаси"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди!  4 19:10"Пахтакор" — "Локомотив". Таркиблар маълум  2 18:19Ўзимизнинг карикатура. Вадим Абрамовнинг "Динамо"сидан "оловли" ўйин  3

FIFA.UZ: Ispaniyadan kimni jamoaga olish kerak? Yangiliklar

FIFA.UZ: Ispaniyadan kimni jamoaga olish kerak?

Ingliz mavsumi Angliya Superkubogidagi Santi Kasorlaning ajoyib goli bilan ochib berildi, bugun esa biz Ispaniyadagi mavsum kelajagiga nazar tashlaymiz.
Ispaniyadagi transfer mavsumi oldingi 3-4 mavsumnikidan qiziqroq bo'ldi. SHu bilan birga o'tkan mavsumda, “Atletiko” “Real” va “Barselona”ga teng raqibligini ko'rsatib qo'ydi.

Darvozabonlar
Bunday qilmang. Ispan klublaridagi darvozabon bilan bog'liq holat hozircha aniq emas. Kasilyas (75) Keylor Navas(75)ga o'z o'rnini bo'shatib beradimi, “Marca” nashri o'quvchilari kimni tanlashadi?  “Barselona”da raqobatni kim yutib chiqadi – ter SHtegenmi (75) yoki Bravo (70)? Buni hatto murabbiylar ham bilishmaydi,  shu sababli men sizlarga folbinlik qilmaslikni va sentyabrni kutishni maslahat beraman. Tuyg'ularga berilmang, Ochoani(70) ham tanlash noto'g'ri bo'ladi. U zo'r yigit, ammo Ochoa 15ta daxshatli seyv qilib, 2 ta gol o'tkazib yuborsa bu siz uchun salbiy natija bo'ladi. Bundan tashqari, “Malaga”ni mavsum boshida kuchli jamoalar kutib turibdi.
 


Katta taxmin. Yan Oblak (75) “Atletiko” da navbatdagi Tibo Kurtua bo'ladi. Madrid jamoasining himoya chizig'i har qanday darvozabonga yoqishi tabiiy, shu bilan birga, Oblakda huddi “Barsa” yoki “Real”dagidek raqobatchilari yo'q. Mavsumoldi o'yinlarida Moyya maydonga tushayotgan bo'lsada, Oblak yaqin vaqt ichida kichik jarohatidan qutiladi.

Ishonchli tanlov. Yuqori darajadagi klublarda birinchi raqamli futbolchini aniqlash ishlari olib borilayotgan bir paytda, “Valensiya”da bu holat bo'yicha savollarga o'rin yo'q. Klub vanihoyat ajoyib darvozabonlarni qiynashni bas qilib Guaituni “Xetafe”ga jo'natib yubordi. Diego Alvesda (70) chempionatdagi yordamchilar yomon emas va ulardagi o'yinlar jadvali unchalik qiyin emas.

Arzonroq variantlar. Boshqa fentezilarda uning narxidan xususiyatlari ustun bo'lgan notanish futbolchi  “sleeper” iborasi bilan ataladi. Aynan shundaylar orasidan “Levante” darvozaboni Xesus Fernandes (65) va primeraga ko'tarilgan “Eybar” darvozaboni Iruretuni(60) tanlagan bo'lardim. “Real” tarbiyalanuvchisi Xesus so'nggi yillar davomida ishonchli darvozabonlardan biriga aylanib kelmoqda. Irureta esa “Eybar” bilan esa segunda g'olibi bo'lib, primeraga chiqishdi.

Himoyachilar
Bunday qilmang
. “Rayo Valekano”, “Almeriya” va “Barselona” himoya chizig'i siz uchun eng muhimi emas. Birinchi ikki jamoa shunchaki ko'p o'tkazib yuboruvchi klubdir. “Barsa”ga keladigan bo'lsak, himoya chizig'ini qayta qurish bilan jamoa ko'p “quruq” o'yinlar o'tkazmasa kerak. Ammo Alba bu havotirlardan tashqarida , chunki u ko'p marotaba hujumlarga qo'shilib turadi, ketish taraddudida bo'lgan Alves, tayyor bo'lmagan Pike, jarohatlangan Vermalen va endi jamoaga ko'nikayotgan Matelarni tanlamagan bo'lardim.



Ishonchli tanlov. “Real” himoyachilarining statistikasi bilan hammasi joyida. Serxio Ramos, Mareslo va Pepe (hammasi 75dan) uchligidan menga braziliyalik varianti ko'proq yoqadi, chunki u juda kam kartochka oladi. Pepe bu mavsumda Varan bilan jiddiy raqobat qilishi kutilmoqda. “Atletiko”dagi Diego Godin va Miranda (ikkalasi 75) orasidan o'zingizga yoqqanini tanlang – urugvaylik gol urishni yaxshi ko'radi, ammo Miranda esa 2 marta kam kartochka oladi. Bundaylar safiga standartlardan gol urishni yoqtiradigan “Atletik” futbolchisi Mikel San Xose ham kiradi.

 
Arzonroq variantlar. Dani Karvaxal (65) ham madridliklar himoyasining bir qismi hisoblanadi, ammo u arzonroq va jiddiy raqobatchisi ham yo'q. “Espanol”dan Diego Kolotto (70) ham raqib darvozasiga gol urishga moyil. O'yinni to'liq o'tkazadiganlarga “Malaga” futbolchisi Antunesh (70) kiradi. Antonio Rukavina (70) “Vilyareal” o'ng qanotini jaonlantira oladi. Agar futbolchining ismi Koke bo'lsa, u “Atletiko”da emas “Sevilya”da  o'ynasa ham, bu futbolchini jiddiy ko'rib chiqish kerak. 

Sleepers. Xesus Gamesning (60) “Atletiko”ga o'tishi yoshi o'tib borayotgan Xuanfranning maydondagi vaqtini qisqartirishi mumkin. Juda ko'p gol o'tkazmaydigan “Malaga” futbolchisi Velingtonning (55) narxi arzon. Bundaylar safida yana “Selta”dan Malo (55) va “Espanol”dan Xavi Lopeslar bor.

Yarim himoyachilar.
 Bunday qilmang. 
Kimning kelajagi aniq bo'lmagan bo'lsa ularni jamoangizga qo'shishga shoshilmang. “Real”dan ketishga bel bog'lagan Di Mariya (90), yaqindagina jamoaga qo'shilgan Kroos (90), Xames Rodriges (90) va raqobat tufayli yo'qolib borayotgan Isko (90)larni tanlashga hozir juda erta. Andres Inestaning (100) yorqin o'yini fentezida olgan ochkolari to'g'ri kelmaydi. Qisqasini aytganda bu narxga u to'g'ri kelmaydi.  Jamoani tark etishiga bir bahiya qolgan Xavini  (90) ham olishga shoshilmang, chunki Luis Enrike unga maydonda qancha vaqt berishi nomalum. Pedro (90) mavsum boshida juda foydali bo'lishi mumkin, ammo Luis Suares qaytganidan so'ng u zaxira futbolchisiga aylanishi mumkin.
Katta taxmin. Garet Beyl (100) juda qimmat turadi, ammo ularni tanqid qilishga tilim bormaydi. Uelslik o'tgan mavsumda o'zini yaxshi ko'rsatgan, hozirgi vaqtda esa “Real”ning eng yaxshi futbolchisi bo'lib ko'rinyapti. O'tgan mavsumda huddi shunday foydalilik “Sosedad” futbolchisi Karlos Velada (95) ham kuzatilgandi. “Atletiko”ga kelib qo'shilgan Antuan Grizman esa golli to'p oshirishlari bilan sizni xursand qilishi mumkin.



Yangi futbolchilardan ehtiyot bo'lish to'g'risidagi gaplar Ivan Rakitichga (95) tegishli emas. Koke (95) “Atletiko”da o'zini juda yaxshi ko'rsatgan, “Atletik” futbolchisi Markel Susaeta (95) esa golli to'p oshirishlarda etakchilardan biri bo'lishi mumkin. Nega ko'pchilik “Selta”dan Nolitoni (90) olishdan qo'rqishadi. U katta foydalilik koeficentiga ega bo'lgan eng arzon tanlov (o'tgan mavsumda 14ta golli pas bergan). Hatto undan mashhurroq bo'lgan Muniainda (90) ko'rsatkichlar pastroq, ammo narx bir hil. Aytgancha, “Atletiko” sardori Gabi hujum buzuvchi yarim himoyachilarni olmaslik qonunini buzishga katta yordam berdi va bir nechta golli paslar berishga muvaffaq bo'ldi.

O'rtacha saviya. Jamoaga kichikroq klublardan ham qo'shimcha kuch kerak. Bu kategoriyada mening sevimli futbolchim – “Rayo”dan Albero Bueno (85). Lafita (85, “Xetafe”) va Kani (75, “Vilyareal”) ochko yig'ish borasida bir muvozanatda yurishadi.  Versa (85, “Almeriya”) va Ruben Pardolar (85, “Real Sosedad) ham sizga ochko yig'ishda katta yordam berishadi. Vanihoyat, Vitolo (85) Emeri qo'l ostidagi “Sevilya”da o'yini ochila boshladi (o'tkan mavsumda 4 gol+ 6 pas).

Etiborga qaratishga arziydigan 80 dan past yigitlar – Aleks Lopes (“Selta”), standartlar ustasi Trashorras (“Rayo”), Diego Kastro (“Xetafe”), Akino (“Rayo”) va Nacho Kamacho (“Malaga”).

Sleepers. “Barselona”dagi Rafinyani (80) kuzating. Luis Enrike bu futbolchining qobiliyatlarini juda yaxshi biladi. Hozir Kataloniyada o'zgarishlar vaqti va sahna markazida umuman kutilmagan futbolchi paydo bo'lib qolishi mumkin. Serxio Kanales (70, “Real Sosedad”) Antuan Grizman ketganidan so'ng, jamoaning yangi etakchisiga aylanishi mumkin. Iturraspe (75, “Atletik”) hujum buzuvchi rolida o'ynaydi, ammo Ander Errera “Manchester Yunayted”ga ketganidan so'ng, u markaziy yarim himoyachiga aylanishi mumkin.

Mavsumoldi o'yinlarida “Deportivo” yangi futbolchisi Farinya (65) o'zini juda yaxshi ko'rsatyaptiyu. “Eybar” yarim himoyachisi Dani Nieto (65) ham chakki ko'rinmayapti. De Galarettni (50) “Atletik”da yangiAnder Erreraga aylantirishmoqchi.



Hujumchilar
Bunday qilmang.

Qiziq, lekin fentezining har o'ntadan bitta ishtirokchisi o'z jamoasiga Luis Suaresni (110) olgan, ammo u ikki oy maydonga tushmaydi. Neymar (100) esa jarohatidan tuzalishda davom etmoqda. Karim Benzema (100) o'tgan mavsumda yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. “Valensiya” futbolchisi Jonas (90) boshqa hujumchilardan qimmatroq turadi, ammo uning asosiy tarkibda bo'lishi aniq emas.  Hech qachon “Deportivo”dan Arismendini (70) tanlamang. Bu o'z jamoasini segundaga tortuvchi, lanatlangan futbolchi.
 
Ishonchli tanlov. Bu xat boshi Ronaldu va Messilarsiz (ikkalasi 120dan) o'ynashni xush ko'radiganlarga foydali bo'lishi aniq. Ikechukvu Uche (85, “Vilyareal”) Jiovani dos Santosdan kam joyi yo'q va arzon turadi. “Selta” – SHarles va Larrivey 85 dan baholangan, ikkalasi ham yaxshi. Menga “Valensiya”dan Pako Alkaser varianti juda yoqadi, ammo hozir u erda Rodrigo bor.

Sleepers. Ikki hujumchilik variantni tanlaydigan bo'lsangiz, “Real Sosedad” sizga Agirreche (80) va Finnbogasonni (75) taklif qiladi. “Espanol”dan Kristan Stuani (80) ham yomon emas.  Adrian Kolunga (75) “Xetafe”dagi juda barqaror futbolchi. Segundada 25ta goli bilan eng yaxshi to'purarga aylangan Borxa Vigera (60) “Atletik” safiga kelib qo'shildi va bu erdagi uning yagona raqibi 33 yoshli Adurisdir. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика