So’nggi yangiliklar

11:15"Барселона" ярим ҳимоячиси жамоадан кетмоқчи  0 10:41Криштиану Роналду фаолиятини қайси клубда якунлаши маълум. У "Ал Насср"дан кетади  8 10:08Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 09:36"Рома" ёзда етти нафар футболчини сотиб юбормоқчи. Номлар маълум…  6 09:01Мбаппе Ла Лигадаги илк учрашувидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  6 08:30ЦСКА бош мураббийи нима сабабдан учрашув сўнггида Аббосбек Файзуллаев ва яна икки нафар футболчини захирага олганини тушунтириб берди  1 08:02Футзал. Бугун терма жамоамиз Францияга қарши баҳс олиб боради  1 07:31Суперлига. Бугун 16-тур баҳслари якунланади  7 07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлубиятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  1 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  3 02:29Ла Лига. "Реал Мадрид" мавсумнинг илк турида очко йўқотди  30 01:35А Серия. "Рома" меҳмонда "Кальяри" билан дуранг ўйнади, Шомуродов эса...  17 01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  1 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  6

FIFA.UZ: Angliya premer-ligasida qaysi futbolchini olish tavsiya etiladi? (2-qism) Yangiliklar

FIFA.UZ: Angliya premer-ligasida qaysi futbolchini olish tavsiya etiladi? (2-qism)

FIFA.UZ saytida Angliya chempionati uchun jamoa tuzish mumkin. 16 avgust kuni dunyoning eng jozibali chempionati start oladi.
Kecha ushbu maqolaning ilk qismini taqdim etgandik. Navbat qolgan 10ta klubga etib keldi.

Manchester Yunayted

Olamiz. Jahon chempionati tugab bo'ldi va Runi (100) ajoyib o'ynashni boshladi va gollar urmoqda. Mavsumoldi o'yinlarda ketma-ket gollar urgan futbolchi van Persi, Starrij va Aguerodan arzon turadi. Runidan tashqari Mata (90), Ander (80), SHou (65) va van Persi (110) kabilar bor.

SHoshilmaymiz. Van Gal 3ta himoyachi bilan o'ynashni yaxshi ko'radi. Markazda Evans (60) va Jons (70) o'ynashi mumkin, ammo barcha Xummelsni kutmoqda.

Olish shart emas. MYU safida olish kerak bo'lmagan futbolchilar bir talay: Nani, Yang, Fellayni, CHicharito, Kleverli, Anderson, Zaa - bu futbolchilarning ko'pchiligi klubdan ketib qolishi ham mumkin.



Nyukasl
Olish kerak. Nyukasl safida Sim De Yong (75) va Kabella (75) kabi futbolchilar bor. Kabella Sent-Jeyms Parkda o'zining qobiliyati, energiyasi va gollarini barchaga namoyish etadi, – deydi Alan Pardyu. O'tgan mavsum u Monpele safida 14ta gol urdi va 5ta golli pas oshirdi.
 
Yozda jamoaga Yanmat (65) keldi va endi Debyushining o'rnini egallaydi. Kolochchini bilan birga Yanga-Mbiva (50) yoki Stiven Teylordan (55) biri o'ynaydi. Kolochchinini (65) o'zini ham olish mumkin, faqat o'z yurtini sog'inib qolmasa bo'ldi.

Olish yaramaydi.  Tiote yaxshi o'yinchi (6.0) ammo o'tgan yil bironta gol ura olmagan va 10 bor ogohlantirilgan futbolchini nima qilasiz? Hujumchi Papiss Sisse (80) 2ta gol va 2ta pas oshirganidan uyalishi kerak.

Sanderlend
Olamizmi? Adam Jonson (85) o'ynab keta olsa darhol oling. O'tgan mavsumda 5ta o'yinda (6+2) natija qayd etganini unutmang.

Darvozabon Vito Mannone (70) o'tgan mavsum fentezi futbolda eng foydali futbolchilardan biri bo'lgandi, Sanderlendga Kostel Pantilimonning (55) kelishi biroz o'yga toldiradi. Sanderlend safida bu yil ham darvozabon eng ko'p ochko olishi mumkin.

50 evaziga CHelsidan ijaraga olingan vann Anxoltni olish mumkin . U hujumga ko'p bor qo'shilib turadi.

O'tgan mavsum so'nggida gollar urib tashlagan Konnor Uikxemga hamon ishonsangiz (65) uni oling. Agar qo'rqsangiz Jozi Altidorga qarang 75 turadi, shunda qo'rquv yo'qoladi.
Keling olmaylik. Altidorni olish shart emas: o'tgan yil 31ta o'yinda 1ta gol urgan hujumchini olib ochko olmoqchi bo'lsangiz marhamat. Umuman ushbu klub hujumchilariga u qadar ham ishonmayman.

Sautgempton

Tezroq olamiz. O'tgan yilgi yulduzlardan hozircha SHnayderlin (80) va Rodrigesni (90)olib ketishmadi. Ammo birinchi futbolchi o'tgan yil u qadar o'zini ko'rsata olmagandi (2+1), ikkinchisi esa hali uzoq davolanadi.

Serbiyalik Tadichga (80) etibor qiling. O'tgan yil Gollandiya chempionatiining 33ta o'yinida maydonga tushgan futbolchi Tventening 30ta golida ishtirok etdi (16+14). U yangi Lallana bo'lishi mumkin.

Jamoaning yana bir yangi hujumchisi Graciano Pelle (80) Gollandiya chempionatida 23ta gol urdi. Narxi o'rtacha, sotib olish va ikki tur kuzatish mumkin. Sautgempton kam gol o'tkazsa Nataniel Klayn (65) yaxshi xarid bo'ladi.

Olmaymiz. Qimmat hujumchi Pablo Osvaldo (75) boshqa klubga ketishga yaqin, ketaversin mayli.



Stok
Olamizmi? Piter Odemvingi (80) endi yarim himoyachiga aylandi, olish kerak. Arnautovich (75) bilan birga olish ham mumkin. Agar CHarli Adam (80) murabbiy Xyuzga asosiy futbolchi ekanligini isbotlay olgan bo'lsa 85 evaziga ham olish mumkin.

SHoukross va Xut (60) kabi futbolchilarni olmaslik to'g'ri ish bo'lmaydi.

Olmaymiz! Yillar o'tmoqda, Piter Krauch (85) juda kam gol urmoqda. SHu bois gol urmaydigan qimmat hujumchini tarkibimizga qo'shib hech qanday baraka topmaymiz.

Stiv Siduell (80) Fulxemda ancha samarali o'ynab ketdi, ammo Stokda markazda Nzonzi, Uelan, Palasios, Adam va Ayrlend bilan raqobatlashishi kerak.

Suonsi
Kimni olamiz? Michu, Vorm va Ben Devis ketganidan so'ng ushbu klubda fentezi futbol uchun o'yinchilar ancha kamaydi. Ammo umuman yo'q emas. Vilfrid Boni (90) agar 1 sentyabrga qadar jamoada qoladigan bo'lsa yana jamoa to'purari bo'lishi mumkin. O'tgan yil Bonita 16 gol urgandi, keyingi o'rindagi futbolchi esa 6 marta to'p kiritgan.

Libertiga qaytgan Gilfi Sigurdssonni (70) o'ylab o'tirmay sotib oling. Tottenxemda o'zini ko'rsata olmagan bo'lsa ham  Suonsi safida yarim mavsum ichida 7 bor gol urgandi.

Darvozabon Fabianski (65) asosiy futbolchi bo'ladi. Uning narxi ham arzon, bazida penaltini qaytarishni hush ko'radi.

Kim kerak emas. Tayanch yarim himoyachilarni o'tkazib yuboramiz. Masalan, Xose Kanyas (65) bizga umuman kerak emas, u Suonsi safida 5 yil ichida, Betis safida ham umuman gol ura olmagan. Bu 100 tadan ko'p o'yin deganidir. Bafetimbi Gomisni (80) darhol sotib olmang, sababi siz hali uning ismini ham to'g'ri talaffuz qila olmaysizku.

Tottenxem
Olamiz. Tottenxem va Pochettinoni qiziqarli mavsum kutib turibdi. Jamoaning yangi mavsumdagi yulduzi Kristian Eriksen (85) bo'lishi mumkin. O'tgan yil u Angliyada 23ta o'yinda 7+8 natija qayd edi. Bu yil esa qandaydir 37ta o'yinda 12+15 natijasiga erishishi mumkin.

Paulino birinchi mavsumida (6+2) yomon natija qayd etmagandi. Adebayor (85) esa barcha murabbiylar bilan ham yaxshi chiqishavermaydi, shu bois uning Pochettino bilan aloqasi qanday bo'lishini kuting.

Loris (75) kuchli va qimmat posbon, ammo asosiy tarkibda o'ynashi deyarli aniq.

Olmaymiz. Roberto Soldado uchun 85 to'lash ahmoqlik. Mussa Dembele (75) asosiy tarkibga kira olishi mumkin, ammo hujumchi mavsum davomida bittadan ko'p gol urishiga ishonish qiyin. Lamela (80), Xoltbi (75), SHadli (70) kabi futbolchilarni murabbiy qay tariqa ishlatishini hozirach bilmaymiz.

Xall
Ehtiyotkorlik bilan oling, yoki umuman olmang. Xall o'tgan mavsumdagi ajoyib natijalardan so'ng pasayish kuzatilishi mumkin. Ayniqsa agar jamoa Evropa ligasi guruh bosqichiga chiqsa. O'tgan yil jamoa safida hech kim 4ta gol urmagan va 4 ta golli pas oshirmagan. Long (80) va Elavich (75) kabi futbolchilar atiga yarim mavsum o'ynashdi, ammo 4ta golni bazi futbolchilar yarimta o'yinda urib tashlashadi.

Xallga kelgan Robert Snodgrassning (80) statistikasi yaxshi, o'ylab ko'rishiniz mumkin. Arzon himoyachilar CHester (55) yoki Bryusni (55) zaxiraga olsa bo'ladi.



CHelsi
Olish shart! Diego Kosta (95) - ushbu futbolchi CHelsi chempion bo'lishi uchun etishmagan bo'lishi mumkin. Bunday yarim himoyachilar bilan Kosta mavsum davomida 20tadan ortiq gol urishi kerak. Barselonadan kelgan Fabregas (95) qimmat lekin foydali o'yinchi.
 
Yangilarni olishni boshladikmi davom etamiz: Luis Felipe (65) asosiy tarkibda o'ynaydigan eng arzon himoyachi. CHelsi kam gol o'tkazadi, Gari Keyxill (75) ortiqchalik qilmasa kerak. Endi asosiy posbon Kurtua (75) bo'ladi shekilli: ammo Petr CHexning fikri boshqacha, CHexning fikrini hurmat qiling.

SHoshilmang. Azar (100) va Oskarni (95) olishga shoshilmang. O'tgan mavsum so'nggida Eden Mourino tomonidan tanqid ostiga olindi va JCHda ham yorqin o'ynay olmadi. Ikkinchi futbolchi esa Fabregas, Villian, SHyurrle va Saloh bilan asosiy tarkib uchun kurashadi.

Dide Drogba 36 yoshli futbolchining narxi (90) qimmat, fentezi futbolda nomlar asosiy rolni o'ynamaydi. Nemanya Matich (80) - maydonda foydali, ammo bizning o'yinimizda emas. Torresni (75) esdan chiqarmadingizmi? Esdan chiqaravering.

Everton
Agar pulingiz qolgan bo'lsa olamiz. Everton safida Romelu Lukaku (80), Leyton Beyns (75) kabi fentezi yulduzlari bor. Beyns jarima to'plaridan gollar urishni to'xtatmayapti. Himochi to'purar Koulmen (65) va ajoyib darvozabon Xovard (70), Angliya termasining bo'lajak yulduzi Barkli (85) va Miralyas (90) uchun ancha ko'p xarajat qilasiz.

Pul bor bo'lsa ham olmang. Garet Berri (65) 33 yoshga to'ldi deya olmaymiz. Premer-ligada u 90-yillardan buyon o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsum u 10 marta sariq oldi va kam gol urmoqda. Neysmit asosiy bo'lmagan futbolchi 75 turadi.

Umuman olganda bular faqat maslahatlar, shu bois o'zingiz ham obdon o'ylab ko'rishni unutmang.


FIFA.UZda jamoa tuzishga o'tish.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика