So’nggi yangiliklar

12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  1 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  0 12:09Бугун у "Бунёдкор"га қарши  2 11:43"Манчестер Сити" "Олтин тўп"га даъвогар футболчисининг маошини икки баробар оширмоқчи  0 11:15"Барселона" ярим ҳимоячиси жамоадан кетмоқчи  0 10:41Криштиану Роналду фаолиятини қайси клубда якунлаши маълум. У "Ал Насср"дан кетади  14 10:08Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 09:36"Рома" ёзда етти нафар футболчини сотиб юбормоқчи. Номлар маълум…  8 09:01Мбаппе Ла Лигадаги илк учрашувидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 08:30ЦСКА бош мураббийи нима сабабдан учрашув сўнггида Аббосбек Файзуллаев ва яна икки нафар футболчини захирага олганини тушунтириб берди  2 08:02Футзал. Бугун терма жамоамиз Францияга қарши баҳс олиб боради  1 07:31Суперлига. Бугун 16-тур баҳслари якунланади  7 07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлубиятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  2 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  3

FIFA.UZ: Angliya premer-ligasida qaysi futbolchini olish tavsiya etiladi? (1-qism) Yangiliklar

FIFA.UZ: Angliya premer-ligasida qaysi futbolchini olish tavsiya etiladi? (1-qism)

FIFA.UZ saytida Angliya chempionati uchun jamoa tuzish mumkin. 16 avgust kuni dunyoning eng jozibali chempionati start oladi.
Agar hech qachon “fantasy” futbol o'ynamagan bo'lsangiz, fifa.uz saytida ro'yxatdan o'tib o'yin qoidalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Jamoa tuzib dunyo yulduzlarini sotib oling.

Angliya premer ligasida qaysi futbolchilarni olish va qaysilarni olmaslik haqida malumot beramiz.



Arsenal

Kimni olish shart. Aleksis Sanches (narxi - 100) doim hujumda o'ynaydi, bizda esa u yarim himoyachi. Venger uni qanotda ishlatishi turgan gap, u hujumga yaqin o'ynaydi va gollar uradi.

Jamoa himoyachilaridan birini olish kerak. O'tgan yil klub 17ta o'yinda o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolgan.
Koselni yoki Mertezaker (ikkalasi 75) - ularga himoya markazida raqobatchi deyarli yo'q. Faqat kuchli klublarga qarshi safardagi o'yinlarda ularga ishonish kerak emas.

O'ylab ko'rish kerak. Agar sizni Ospinaning kelishi cho'chitmasa SHchensnini ham olish mumkin (70). U bir qator posbonlardan arzonroq. Aron Remzi (95) haqida ham o'ylab ko'rish kerak. O'tgan yil boshida u nimalar qilganini barcha ko'rgandi. Ammo ilk turlardan olish tavsiya qilinmaydi, bir ikki tur kuzatib keyin uni jamoaga qo'shish mumkin. Ozil (90) - qimmat lekin ishonchli futbolchi.

Olish kerak emas. Jek Uilsher (75) olish kerak emas, u asosiy tarkib o'yinchisi emas. Bundan tashqari hozircha jarohatidan qutulmagan Uolkottni olish ham tavsiya qilinmaydi.

Aston Villa
Kimni olish kerak. Aston Villadan hech kimni o'ylamay turib olmang. Bentekeni olish mumkin (85) faqat u hozir jarohat olgan, boshqa klubga o'tishi mumkin va jamoasi kuchsiz.

Agbonlaxorga ishonayapmiz (75) - u endi yarim himoyachiga aylandi va narxi arzon. Okore (50) ajoyib markaziy himoyachi, o'tgan mavsumda jarohat tufayli o'tkazib yuborgan Kiron Klark (50) ham arzon, ham yaxshi himoyachi. Balki ajoyib darvozabon Gyuzanga (70) etibor qaratarsiz. Ammo Villa o'tgan mavsumning 55 foizi o'yinlarida 2tadan ko'p gol o'tkazgan.

Delf (80) o'tgan mavsumni yaxshi o'tkazdi, ammo birinchidan narxi 80, ikkinchidan o'tgan mavsumda gol va paslar: 3+2.
Kimni olish tavsiya qilinmaydi. Jo Koulni 80ga olmang. U 33 yoshga to'ldi, so'nggi yillarda Liverpulda ham, Vest Xemda ham asosiy tarkibga kira olmadi. Villa uni tekin bo'lgani uchun oldi. Nzogbiya (70) familyasi sizga tanish, ammo o'tgan mavsumni jarohat tufayli o'tkazib yubordi.

Bernli
Darhol aytamiz agar vaqtingiz kam bo'lsa Bernli, Lester va KPRni o'tkazib yuborish tavsiya qilinadi.
Agar o'qishni boshlagan bo'lsangiz himoyachi Kiran Tripperni oling (65): o'tgan mavsumda 2ta gol urgan, 14 ta (ligada eng yaxshi ko'rsatkich), 1ta sariq kartochka olgan. Bernli o'tgan yil chempionshipda eng kam gol o'tkazib yuborgan. Bernli
 
Denni Ingz (75) o'tgan mavsum chempionshipning eng yaxshi futbolchisi (21 gol + 5 golli pas), agar yarim himoyachi bo'lganida ko'proq odam uni olardi. Ammo hujumchi Ingzni olish ham foyda keltirishi mumkin.

75 narxiga Skott Arfildni nimaga olish kerak? O'tgan amvsum 45ta o'yinda 8ta gol va 4ta golli pas bergan. Bu fentazi futbol.

Vest Bromvich
Kimni olish kerak? O'tgan mavsum Vest Brom juda kuchsiz ko'ringandi, eng kam quruq o'yin o'tkazgan jamoa bo'ldi. Bu jamoadan hujumda o'ynaydigan yarim himoyachi Sessenon (80) bor. O'tgan mavsum u qadar yaxshi o'ynay olmagan futbolchi uchun 2014 yil yorqin kechishi mumkin. Agar ishonmasangiz uni bir ikki tur kuzating.

Yangi kelgan Leskottni (65) olish mumkin. Sababi bunday yulduz futbolchini zaxirada o'tirish uchun olishmagandir. Leskott o'z vaqtida anchagina gol urgandi.

Ben Foster (65) - ajoyib darvozabon, faqat muammo bor. Jamoa ko'p gol o'tkazib yubormasmikin?
Kimni olish tavsiya qilinmaydi. Yussuf Mulumbu (80) - yaxshi yarim himoyachi, ammo ko'p vaqtini himoyada o'tkazadi. Irqchilikka hech qanday aloqasi yo'q, ammo Mulumbuni olmang. Anichebe va Beraxino (75dan) asosiy tarkibdagi o'rni aniq bo'lmagan futbolchilarni olib nima qilasiz?



Vest Xem
O'ylab ko'ring va sotib oling. Gap bunday Kevin Nolanni olamiz (85) va uning gollari soni ko'p bo'ladimi yoki kartochkalarimi kuzatamiz. Agar statistika yomon tomonga ketib qolsa uni darhol sotib yuboramiz.
Mavsum boshini jarohat tufayli o'tkazib yuboradigan Endi Kerrollni o'rnida o'ynaydigan Enner Valensiyaga etibor qiling (80). Ekvadorda ikkita Valensiya borligini JCH-2014da bilib oldik.

O'ylab ko'rib olmaymiz. Himoyachi Mark Nobl nega buncha qimmat turadi (85). Sababi Vest Xem penaltilarni va jarima to'plarini amalga oshiradi. Ammo Vest Xem o'tgan mavsum ikkita penaltiga ega bo'lgan, Nobl esa 3ta gol va 4ta golli pas oshirgan. SHu bilan birga 6 ta sariq va 1ta qizil olgan. Dauning (70) degan futbolchini ustidan kulishadi, ammo o'tgan yil uning ko'rsatkichi rostan ham kulguli bo'lgan: 1+2. Jarvis va Diame (80) kabi futbolchilar juda qimmat, bundan tashqari doim ham to'liq o'ynashmaydi.

KPR
Olamiz shekilli. KPR safida bir qator 30dan yoshgan futbolchilar bor. CHarli Ostin (75), bir qator ligalarda ko'plab gol urgan. Premer ligada ura oladimi kuzatish kerak. Darvozabon Grin (60) zaxira uchun yaxshi variant.

Olmaymiz. Sizga Joui Barton deb ataladigan futbolchi nimaga kerak? Uchta gol urgan, 13ta sariq va bitta qizil olgan futbolchini 80ga olasizmi? O'zi shundoq ham hayotimiz tashvishlarga to'la.
 
Asosiy tarkibda doim ham maydonga tushmaydigan Karl Genrini (70) olmang. Hamma Henry ham zo'r bo'lavermaydi.

Kristal Pelas
O'ylab ko'ramiz. Dileyni va Mariappa kabi himoyachilarni olish mumkin (65), ammo ulardan gollar kutmang. Panchon (85) ham bor, ammo penaltini tepaydi. To'g'ri narxi qimmat. CHempionshipning superto'purari Glenn Myurrey (75), balki bu muammodir.

Olmang. Mayl Edinak (80) ajoyib futbolchi, ammo u tayanch yarim himoyachi, juda kam gol urgan (o'tgan yil 1+1). Geyl (75) - qiziqarli futbolchi, ammo narxi juda qimmat.
 
Lester
Oling. Barcha kuchli klublardan futbolchilarni sotib olayotgan paytda Mark Olbraytonga etibor qarating (60), 4 yildan buyon Villaning asosiy tarkibiga kirib olgan futbolchi ikkala qanotda o'ynay oladi. SHunchaki o'tgan mavsum jarohat tufayli u qadar o'ynay olmadi.
Devid Nyujent (75) o'z vaqtida Prestonda o'ynab turib  Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgandi. Premer-ligada Nyujent u qadar yorqin o'ynay olmadi, biroq ko'p gol uradi: Nyujent 20ta gol urdi va 12ta golli pas oshirdi. Lester esa 100 ochkodan ko'proq to'plab chempionshipda birinchi bo'ldi.

Liverpul
Kimni olish mumkin? Starrij (100) - chempionatning eng qimmat futbolchilaridan biri. Angliyalik futbolchi o'tgan mavsum deyarli har bir o'yinda gol urdi. Starrij Suares ketganidan so'ng o'zini ko'rsatishga harakat qilishi tabiiy. Ammo klub ECHLga qaytdi, shu bois uni olish o'z qaroringizga bog'liq.

Jerrard (95) ham qimmat turadi. Ammo tajribali sardor penalti va jarima to'plarini amalga oshiradi, hujumga yaqin to'p tepadi.

Mamadu Sako (65). Faqat murabbiy uni asosiy tarkibga qo'shadimi yoki yo'qmi shuni aniqlab olish kerak.

Olish kerak emas. Glen Jonson (70) uni tez-tez hujumga qo'shilib turadi deganlar uchun uning oxirgi mavsum statistikasini beramiz:  2ta gol va 7ta golli pas. Jonson yaqinda 30 yoshga to'ladi.
90 Lambert uchun o'rtacha narx, ammo u asosiy tarkibda kam maydonga tushadi. Adam Lallana (85) esa jarohatidan hali qutulgani yo'q.



Manchester Siti
Kimni olish kerak? Man Siti ko'pchilikka yoqmasligi mumkin, ammo ushbu jamoa futbolchilar fentezida ko'p ochko keltirishadi. Man Siti Ture (100) va Aguero (110) va Kompani (75) kabi futbolchilarni  o'ylamay olaman. SHundan so'ng Nasri (95), Jeko (95), Silva (95), Xart (75) va Navas (85) kabilarni ololmaganimdan afsuslanaman.

Etibor qiling. Ture va Aguero borasida tushunarli, ammo Yovetichga (80) etibor qiling. U o'rtoqlik o'yinlarida ham ko'p gol urdi.

Olish kerak emas. Demichelis (70) yomon futbolchi emas. Biroq Kompani bilan birga Mangalya yoki Nastasich o'ynasa kerak. Kolarova nima uchun  70 turishini tushuntirib beraman: golli paslar, standartlarni amalga oshirishi.
Sanyaga darhol 65 narx berishdi, ammo Sabaleta darhol o'z o'rnini boshqaga berib qo'ymasa kerak.


Qolgan 10 jamoa haqida ertaga tanishtiramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика