So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

FIFA taqdirlash marosimi - masxarabozlik (javobsiz savollar) Yangiliklar

FIFA taqdirlash marosimi - masxarabozlik (javobsiz savollar)

Teglar :  FIFAThe Best
Xorvatiyalik futbolchi dunyoda eng yaxshisi bo'ldi. Buni uch yuzaki tezis bilan muhokama qilsa bo'ladi.

Birinchidan, Leo va Krishning erasiga barham berildi. Ikkinchidan, argentinalik va portugaliyalik Londondagi marosimga borishni va Lukani shaxsan tabriklashni rad etishgani anchagina yomon tasavvur berdi. Uchinchidan, endi Modrich "Oltin to'p"ni olish uchun oldinga qadam tashladi.

Endi uyg'onamiz. Messini ham Ronalduni ham, qolgan individual sovrinlarni ham unutish vaqti keldi. Bundan-da muhimrog'i bor: hozirda Luka Modrichdan ko'ra yaxshiroq, ko'p funkciyaga ega, oldindan aytib bo'lmaydigan harakatlarni qila oladigan, u kabi foydali futbolchi yo'q. Luka boshqa raqobatchilaridan ajralib turadi, ammo 33 yoshga kirib bo'ldi. Nima bo'lgan taqdirda ham xorvatning o'yinini qadrlang va boshqa hujumchilar borasida pichirlamang.

YILNING ENG CHIROYLI GOLI SALOHNIKI. AHMOQGARCHILIK

FIFAda ijtimoiy tarmoqlarda so'rovnoma o'tkazadigan mard inson topilmadi. Har ikkinchi shunday marosimda odamning mehnati qadrsizlanishi kuzatilmoqda. SHu holatda tizimning nozikligi ko'zga tashlanadi.

SHunday qilib, FIFA muxlislarga eng chiroyli golni o'zlari tanlashini ijozat bergan. Salohning hattoki penaltidan uradigan goli ham Misrda katta etiborga olinayotgan bir vaqtda uning "Everton"ga urgan ajoyib texnikali, qoyilmaqom zarbaga ega golini tanlab olishi. Krish ham, Beyl ham, Pavar ham, hattoki CHerishev ham undan ko'ra chiroyliroq gol kirita olishgandi. Uning golida odamlar "Vuhh" deb baqirib yuborishganlari aniq. SHunday emasmi?!

SAYYORAMIZDAGI ENG KUCHLI DARVOZABON - TIBO KURTUA

Ushbu g'olibga bu borada savollar yo'q, u jahon chempionatida ajoyib o'yin namoyish qildi. Ammo kuchli uchlikka Kasper SHmeyxelning kirgani - yil absurdidir. Nima uchun? Yutqazilgan penaltilar seriyasi uchunmi? Yoki Franciyadan gol o'tkazib yuborgani sabablimi? Ko'plab faktlar uning bu uchlikka loyiq emasligini ko'rsatmoqda.

Nima bo'lgan taqdirda ham, yana bir darvozabon esdan chiqib ketdi. Keylor Navaas "Real"ning ketma ket uch marta ECHL sovrinini qo'lga kiritayotganida asosiy darvozabon bo'lib turgandi. Endi esa uning asosiy raqobatchisi - sayyoramizning eng yaxshi posboni sifatida etirof qilindi. (Ammo ramziy termadan boshqa bir fantastik posbon ko'rinish berdi. O'zi kim kuchli?)

RAMZIY TERMA

Yilning eng kuchlilari ramziy termasiga ECHLda uzoqqa bora olmagan, jarohati sababli JCHni o'tkazib yuborgan 35 yoshli "otaxon" Dani Alves ham kirdi. U kuchli, biroq savol - nima uchun u bu termada? Jahon chempionatida undan-da kuchliroq o'yin ko'rsatganlar ham bo'ldi.

Alves borasida bir teoriya bo'lishi mumkin. Balki u so'nggi marta XI tarkibga kiritilgandir (hurmat yuzasidan). SHunday bo'lsa barchasi tushunarli. Ammo hozirgi holati bilan Alves bu jamoaga loyiq emasdi.

SHuningdek, yana bir istehzo. Bu termada Salohga joy topilmadi. Misrlik futbolchi Pushkashning sovrinini olgandan ko'ra, ushbu jamoaga loyiq ko'rilgani yaxshiroq bo'lardi. To'g'rimi?

RONALDU BORASIDA HAZILLASHISHMADIMI?

Krishtianu ko'plab uchliklarga kirishga muvaffaq bo'ldi. Uning pasida Antuan Grizmann, yuqorisidan Luka Modrich o'rin oldi. Quyiroqda Rafael Varan ko'rinish bermoqda.

To'rt variant: yoki francuz ovoz berilishidan oldin Ronalduga katta yaxshilik qilgan. Yoki Ronaldu o'z ovozini bergan Varan o'zgartirib qo'ygan (bu ehtimoldan biroz yiroq). Yoki Ron va Rafa juda ham yaqin do'st. 

Messi va Ronaldu so'rovnomada kimlarga ovoz berishdi?

Ammo mantiqqa eng yaqini: Ronaldu ilk uchragan futbolchining ism familiyasini yozib yuborgan. SHu orqali Modrichning ballarini pasaytirishga uringan.

Agarda shunday bo'lsa, Ronalduning sirlari ochilmay qoldi.

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика