So’nggi yangiliklar

17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  1 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  0 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  2 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1

FIFA reytingidagi ahvolimiz tanglashdi, buni nimasi yomon? Yangiliklar

FIFA reytingidagi ahvolimiz tanglashdi, buni nimasi yomon?

Teglar :  FIFA reytingiMTJ
Alisher Nikimbaevning hisob-kitoblariga ko'ra noyabr oyining FIFA reytingi quyidagicha ko'rinishda bo'ladi.

1. Eron
2. Avstraliya
3. Yaponiya
4. Janubiy Koreya
5. Saudiya Arabistoni
6. Suriya
7. Xitoy
8. BAA
9. Livan
10. Ummon
11. Iroq
12. Qirg'iziston
13. Qatar
14. O'zbekiston
15. Hindiston
16. Falastin


Dekabr oyida FIFA kunlari yo'q. Yanvar oyidagi Osiyo Kubogi esa ko'p narsaga oydinlik kiritadi. FIFA reytingida jiddiy o'sishga erishimiz uchun, tepadagi jamoalardan yaxshi natijaga ko'rsatish kerak.

Mart oyida JCH-2022ga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Unga ko'ra yuqoridagi 8ta jamoa savatchalarga ajratiladi. Bugungi kundagi holatdan kelib chiqadigan bo'lsa O'zbekiston 14-pog'onada. Bu degani O'zbekiston 1-bosqich saralash o'yinlarida ikkinchi savatchada bo'ladi va O'zbekiston 1-8 o'rinlarda turgan (agar OK-2019dan keyin 8talikka kira olmasa) jamoalardan biri o'rin olgan guruhdan joy oladi.

Bugungi holatda O'zbekiston birinchi bosqichning o'zidayoq Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, BAA va Suriya bilan bir guruhdan joy olishi mumkin. Eng yomoni shundaki, 1-bosqichdan bor yo'g'i BITTA jamoa keyingi bosqichga o'tadi. 8ta guruhdan 4ta eng yaxshi ikkinchi o'rinni qayd etgan terma jamoada ham imkoniyat bo'ladi. Hozir biz Kuper ko'p narsani sinab olayapti deb o'ylayotgan bir paytimiz, FIFA reytingiga jiddiy etibor qilmaslik natijasida JCH saralash bosqichida juda ham qiyin ahvolga tushib qoldik. Yuqoridagi qitadoshlarimiz esa FIFA reytingidagi natijalarini yaxshilab olish rejasi asosida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdilar. Endi birgina umid, Osiyo Kubogida yarim finalga etib borish. SHundagina FIFA reytingida dastlabki sakkiztalikka kirish imkoniyati bo'ladi, agar asosiy taqibchimiz sovrindorlar qatoridan joy olmasa.

JCH-2018 saralash bahslari oldidan tashlangan qura tashlash marosimidan avval FIFA reytingi quyidagicha ko'rinishda bo'lgan.

1. Eron
2. Yaponiya
3. Janubiy Koreya
4. O'zbekiston
5. BAA
6. Qatar
7. Ummon
8. Iordaniya
9. Xitoy
10. Avstraliya
11. Saudiya Arabistoni
12. Bahrayn
13. Iroq
14. Falastin
15. Livan
16. Quvayt

P.S: Agar FIFA va OFK JCH-2022 borasida yangi loyihani taqdim etmasa, yuqoridagi reglament asosida musobaqa o'tkazilinadi.

Reyting: -84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика