FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovni tabrikladi
28 fev 2018 07:54
Yangiliklar
FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovni tabrikladi
FIFA prezidenti Janni Infantino Umid Ahmadjonovni CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg'oniston futbol Associaciyalari) prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, maktub yubordi.
Tabriknomada shunday deyiladi:
“Muhtaram Umid Ahmadjonov! CAFA prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Sizga o'zimning eng samimiy tabriklarimni yo'llayman. Sizdagi yuksak bilim va katta tajriba futbolni rivojlantirishga va yuksak cho'qqiga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonchim komil. Bu maqsadga etishish yo'lida FIFAning ko'magiga va qo'llab-quvvatlashiga tayanishingiz mumkin. FIFA eshiklari Siz uchun hamisha ochiq.
Men Sizga muvaffaqiyat, mustahkam sog'liq va yangi lavozimda omad yor bo'lishini tilab qolaman.
Hurmat bilan Janni Infantino , FIFA prezidenti”.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar