So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  3 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  2 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

FIFA muqovalarida kimlar bo'lgan Yangiliklar

FIFA muqovalarida kimlar bo'lgan

Futbolga qiziqqan barcha kompyuterdagi millionlar o'yinida o'z kuchini sinab ko'rgan.
Ayniqsa hozirga davrda texnologiya rivojlanib ushbu o'yinlar deyarli haqiqiyga o'xshab qolgan. Ushbu o'yinlar diski idishining ustida biror mashhur futbolchining surati turishiga o'rganib qolganmiz. Siz ushbu muqovalardagi barcha futbolchilarni eslaysizmi? 

Bugun FIFA futbol simulyatorining muqovasidagi suratlarni eslaymiz. Ushbu rasmlarda faqat kompyuter uchun chiqarilgan o'yinlar muqovalari taqdim etilgan.


FIFA International Soccer. Muqovada – Devid Platt va Petr Svirchevski


Ushbu o'yinning birinchi qismi 1994 yilda chiqqan.


FIFA 95. Muqovada – Erik Torstvedt


Ushbu o'yin faqat Sega Mega Drive/Genesis platformasida chiqqan.


FIFA 96. Muqovada – George Xaji


Ushbu qismda birinchi marta 3D grafika ishlatilgan va futbolchilarning ismi va ampulalari mavjud bo'lgan


FIFA 97. Muqovada – David Jinola


Bu qismda Electronic Arts dasturchilari ilk marotaba sharhlovchilar qo'llanilgan. Endi Grey va Jon Motsonning sharhlari o'yinni bezab turgan.


FIFA 98. Muqovada – Devid Bekxem


Grafika yaxshilandi. Jamoa va futbolchilarni o'zgartirish imkoniyati paydo bo'ldi. O'yinning o'ziga tortadigan asosiy qismi "Road to world cup" bo'limi edi.


FIFA 99. Muqovada – Dennis Bergkamp


FIFA 99ning mashhurligiga yangi ligalar qo'shilishi sabab bo'lgan.


FIFA 2000. Muqovada – Sol Kempbell


Mish-mishlarga ko'ra Robbi Uilyams o'zining sevimli jamoasi "Port Veyl"ni o'yinda paydo bo'lishi uchun "It's Only Us" nomli qo'shig'ini FIFAda qo'llashga rozi bo'lgan.


FIFA 2001. Muqovada – Pol Skoulz


Skelet tizimi tufayli futbolchilarning harakatlari haqiqiyga o'xshagan. O'yinchilar yuz ifodasi bilan o'z tuyug'ularni bildirishni boshladi. Stadionlarda muxlislar qo'llashi paydo bo'ldi.


FIFA 2002. Muqovada – Terri Anri


To'p oshirishlar, olib qo'yishlar yanada reallashdi. Yangi jamoa va futbolchi yaratish osonlashtirildi.


FIFA 2003. Muqovada – Roberto Karlos, Rayan Giggz va Edgar Davids


Suniy miya tufayli 40 nafar futbolchi o'z uslubida o'ynay boshladi.


FIFA 2004. Muqovada – Alessandro Del Pero, Terri Anri, Ronaldino


FIFA 2004da ilk marotaba futbolchining yonidagi o'yinchini ham harakatga keltirish imkoni paydo bo'ldi.


FIFA 2005. Muqovada – Patrik Veyra, Fernando Morentes va Andrey SHevchenko


Bu qismda futbolchi yaratish imkoniyati qaytarildi. Tanqidchilar FIFAning  ProEvolutionSoccerdan ortda qolayotganini aytishgan.


FIFA 2006. Muqovada – Ueyn Runi va Ronaldino


"Faoliyat" bo'limida yangi imkoniyatlar paydo bo'ldi: Siz skautlar bilan ishlash va jamoa homiylari bilan kelishish imkoniyatiga ega bo'lasiz


FIFA 2007. Muqovada – Ueyn Runi va Ronaldino


FIFA 07da ilk marotaba rus sharhlovchilarining ovozlaridan foydalanildi


FIFA 2008. Muqovada – Ueyn Runi va Ronaldino


Bu qismda "Be a Pro" rejimi ochildi. Siz faqat bir futbolchini boshqara olasiz.


FIFA 2009. Muqovada – Ronaldino va Ueyn Runi


Futbolchilarning kuch taqsimlanishi o'zgardi.


FIFA 2010. Muqovada – Teo Uolkott, Ueyn Runi va Frenk Lempard


FIFA 10da rus ligasi paydo bo'ldi, ammo jiddiy o'zgarishlar amalga oshmadi.


FIFA 2011. Muqovada – Kaka va Ueyn Runi


Futbolchilar maydon bo'ylab erkin harakatlanish va darvozaga turli uslubda zarba berishni o'rganishdi.


FIFA 2012. Muqovada – Ueyn Runi va Jek Uilsher


O'yindagi yangi Player Impact Engine tizimi kurashlani reallashtirdi. Endi futbolchilar fizika qonunlariga bo'y suna boshladi


FIFA 2013. Muqovada – Lionel Messi


O'yinda biroz o'sish paydo bo'ldi, ammo jiddiy o'zgarishla yo'q edi


FIFA 2014. Muqovada – Lionel Messi


Zarba berishni sevadigan muxlislar FIFAning bu qismidan juda xursand bo'lgan. CHunki futbolchilarning zarba berish texnikasi o'zgardi va noqulay vaziyatdan berilgan zarbalar ham xavfli ko'rinish ola boshladi


FIFA 2015. Muqovada – Lionel Messi


O'yinning so'nggi qismida gol aniqlash tizimi paydo bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика