So’nggi yangiliklar

17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  2 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  2 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  6 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  0 16:05Роналду "Ал-Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   11 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  9 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  18 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  10 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  1 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  13 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  2

FIFA: "Ketma-ket uchinchi g'alaba o'zbek jamoasining etakchiligini mustahkamlashga yordam beradi" Yangiliklar

FIFA: "Ketma-ket uchinchi g'alaba o'zbek jamoasining etakchiligini mustahkamlashga yordam beradi"

Teglar :  O'zbekiston MTJ
6 va 10 oktyabr kunlari O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralash o'yinlari doirasida ikkita uchrashuv o'tkazadi.

FIFA rasmiy sayti O'zbekiston terma jamoasining ushbu o'yinlari haqida qisqacha to'xtaldi.

"A" guruhi etakchisi O'zbekiston uyida yaqin taqibchisi Eron bilan o'ynaydi va ketma-ket uchinchi g'alaba o'zbek jamoasining etakchiligini mustahkamlashga yordam beradi. Ruhiyat tomondan ustunlik Karlush Keyrush shogirdlarida, chunki ular o'zaro so'nggi 6 bahsda 4 ta g'alabaga erishishgan va bir marotaba durang o'ynashgan. Jahon chempionati saralash uchrashuvlaridagi o'zaro bahslarda tenglik: Jamoalar o'z hisobiga JCH-2014 doirasida bittadan mehmondagi g'alaba yozib qo'yishgan. Ikkala jamoa ham yosh iqtidorlar va tajribali futbolchilarga ishonch bildiradi. O'yindagi intirigani jokerlar keltirib chiqaradi: Aleksandr Geynrix va Rizo Guchannajod har qanday paytda zaxirada o'yinga qo'shilishga tayyor turadi.


"Bizning jamoa hech qachon ketma-ket ikki marotaba jahon chempionatiga chiqmagan. Maqsadim, vazifam va orzuim - bu ananaga barham berish. Agar ilojsiz narsani amalga oshirmoqchi bo'lsak, tarixdagi darslardan to'g'ri xulosa chiqarib, avvalgi xatolarni takrorlamasligimiz lozim" - deydi Karlush Keyrush.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi bahs 6 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика