FIFA JCH-2018 ramzi muallifiga 500 dollar to'ladi
24 okt 2016 18:14
Yangiliklar
FIFA JCH-2018 ramzi muallifiga 500 dollar to'ladi
FIFA Tom davlat universiteti grafika kafedrasi studenti Ekaterina Bocharovadan JCH-2018 ramziga aylangan Zabivaka bo'risining huquqlarini sotib oldi.
"Menga 500 dollar to'lashdi. Bo'ri huquqlari FIFAga o'tdi, bunga eskiz paytidayoq kelishilgandi. Men o'qituvchilarimga chizmalarimni olib keldim, ammo ular bu jiddiy emas deb o'ylashdi. Biroq keyin men bilan faxrlana boshlashdi.
Bolaligimdan multiplikaciya bilan shug'ullanishni, qahramonlar chizishni orzu qilaman. Rejalarimda "Disney"da ishlash ham bor" - deydi Bocharova.
Fikrlar