FFF rahbari: "Benzemaning Franciya terma jamoasidagi faoliyati yakunlangan"
03 iyu 2018 20:40
Yangiliklar


FFF rahbari: "Benzemaning Franciya terma jamoasidagi faoliyati yakunlangan"
Franciya futbol federaciyasi prezidenti Noel Le Gre "Real" futbolchisi Karim Benzemaning tanqidiga o'z munosabatini bildirdi.
Avvalroq, Le Gre Benzema terma jamoa o'yin uslubiga mos kelmayotganligi sabab chaqiruv olmasligi haqida aytib o'tgandi. Keyin esa Benzema tvitter orqali "prezident bu gaplari bilan asl basharasini ko'rsatgani" haqida yozgandi.
"Men Benzema haqida yomon gap gapirganim yo'q. Aksincha, u ajoyib futbolchiligini aytganman. Ammo, uning terma jamoadagi faoliyati yakuniga etgan", - deydi Le Gre.
Eslatib o'tamiz, Benzema 2015 yilda Valbuena bilan bog'liq muammolar yuzaga kelganidan buyon terma jamoaga chaqirilmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar