So’nggi yangiliklar

03:56Бундеслига. "Боруссия Д" "Майнц"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 03:50А Серия. "Милан" Модричнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Пиза" устидан ғалаба қозонди  1 03:45"Челси" Англия кубоги доирасида "Халл Сити"ни осонлик билан мағлубиятга учратди. Нетудан хет-трик  1 01:05Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ренн"га мағлуб бўлди, "Ланс" ушбу турда биринчи ўринга кўтарилиши мумкин  5 23:10"Ювентус" "Манчестер Сити" юлдузини нишонга олди  1 22:43"Манчестер Юнайтед" Харри Магуайр бўйича қарор қабул қилди  2 21:27"Барселона" "Челси”дан тарбияланувчисини қайтармоқчи  12 20:58"Ал Ҳилол" Франция терма жамоаси ҳимоячисига даъвогар  0 20:34БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ал Дафра" билан дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 20:15"Ливерпуль" "Милан" ҳужум чизиғи етакчисига қизиқмоқда  2 19:49Расман: "Металлург" Ғофуров, Шоаҳмедов ва Саиднуруллаевни таркибга қўшиб олди  0 19:25Манба: Тудор — "Тоттенхэм" янги бош мураббийи  9 19:03САфарда "Навбаҳор" – "Актобе" учрашувида. Нани нега майдонга тушмади?   3 18:41Норчаев Италияга жўнаб кетди  7 18:20"Эвертон" Грилишни "Манчестер Сити"дан сотиб олмоқчи  1

“Feyenoord” vakillari “Bunyodkor”da bo'lishdi Yangiliklar

“Feyenoord” vakillari “Bunyodkor”da bo'lishdi

Teglar :  FeyenoordBunyodkor
SHu kunlarda Rotterdamning “Feyenoord” klubi vakillari yurtimizda bo'lib turishibdi.

Bugun “Bunyodkor” stadioniga “Feyenoord” futbol klubi menejeri janob Gido Daniel Vader hamda halqaro aloqalarni rivojlantirish mutaxassisi Boel Melvin Julian tashrif buyurdi. Gollandiyalik mehmonlar dastavval “Bunyodkor” futbol maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Ularga Sergey Lushchan xamrohlik qildi.

SHundan so'ng “Feyenoord” vakillari “Bunyodkor” stadionini ko'zdan kechirishdi. “Alvon lolalar” yurtidan tashrif buyurgan mehmonlar ulkan sport inshoati bilan tanishar ekanlar, ochig'i bu kabi yirik sport majmuasi Evropaning ko'zga ko'ringan joylarida ham yo'q ekanligini takidlab o'tishdi. SHuningdek, “Bunyodkor” suvini ichishib, uning shirin va musaffo ekanligiga yuqori baho berishdi.

- Qishki yig'inlarimiz doirasida “Bunyodkor” jamoasi bilan Dubay shahrida nazorat uchrashuvi o'tkazgan edik. O'sha uchrashuv 1:1 hisobida yakun topgani esimda. Bu erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekanmiz, kelajakda yana o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha hamma imkoniyatlar borligiga amin bo'ldim. “Bunyodkor” stadioni dizayni va undagi imkoniyatlarni ko'rib hayratlandim, - deydi “Feyenoord” klubi menejeri Gido Daniel Vader.

Gollandiyalik mehmonlar “Bunyodkor” stadioni dastxatlar kitobiga o'zlarining dil izhorlarini yozib qoldirishdi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика