So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  5 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Fevzi Davletov: "Paxtakor" bilan o'yin uchun futbolchilarni ruhan tayyorlash shart emas" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Paxtakor" bilan o'yin uchun futbolchilarni ruhan tayyorlash shart emas"

Superliganing 14-turi doirasida qoldirilgan "Paxtakor" - "Surxon" bahsidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov ishtirok etdi.


- Bu o'yinning qanchalik muhimligini bilardik. G'alaba qozonsak "Paxtakor"ga etib olardik. Safardagi o'yinda ko'p kuch yo'qotdik, shu sababli yigitlarni nafaqat jismonan, balki ruhan ham tayyorlash kerak edi. Bugun ham katta kuch sarf qildik. Epizodlar bizning foydamizga ishladi, asosiy vaqtimizni himoyada o'tkazdik. Gol urib olganimizdan keyin qarshi hujumlarni yanada rivojlantirishni o'yladik. Ikkinchi bo'limda esa biz o'z hududimizdan chiqmadik. Yigitlarni yaxshi o'yin va g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislarga ham rahmat aytaman. Ular bizni qo'llab turishdi.

- O'yin "Surxon" uchun ataldi desak bo'ladimi? CHunki barchasi jamoaning qulayligi uchun qilindi.

- Fikringizga qo'shilaman. Bizda yo'llar ko'p kuchni olib qo'ymoqda. Barchasi to'ppa-to'g'ri.

- Davron Merganovni klub qaerdan topgan? U bugun ajoyib o'yin o'tkazdi.

- Davron Merganov Surxondaryo futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Bugun u zo'r o'ynadi. Menimcha, uning vaqti keldi. Yo'ldoshevni bilasizlar, ayni damda jarohatda. SHu sababli zaxira posbonimizga tayanyapmiz. Uni maqtayman.

- "Paxtakor" qaysi tarkibda o'ynashidan qatiy nazar o'yinlarda favorit maqomida bo'ladi. Lekin "Surxon" ayni damda yuqori holatda. So'nggi 5 o'yinda jamoa g'alabaga erishdi. Futbolchilarni bu o'yinlarga tayyorlash qanday ketmoqda?

- Yigitlarni "Paxtakor" bilan o'yin uchun alohida ruhiy tayyorlash kerak emas. Barchamiz raqibning kimligini bilib turibmiz. G'alaba qozonishni hammamiz istadik. Ular buni yaxshi tushunib turishgandi va buni uddalashdi.

- Fan-klub bugun Jahongir Abdusalomov uchun performans tayyorlabdi.

- Abdusalomov bugun maydonga tushishi 50ga 50 edi. U o'z o'yini bilan jamoaning etakchisi ekanligini namoyish qilmoqda.

- Sobiq futbolchingiz Ulug'bek Hoshimov haqida nimalar deya olasiz?

- Endi u bizning futbolchi emas. Ortiqcha biror nima deya olmayman.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика