So’nggi yangiliklar

10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  6 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  4 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  3 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  12 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4

Fevzi Davletov: "Hujumda muammolarga duch keldik" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Hujumda muammolarga duch keldik"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan so'ng "tulporlar" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda tashkil qilgan hujumlarimizga tezlik etishmadi. Biz juda sekin harakatlandik. Raqib barcha zonalarni yopishga ulgurdi. Realizaciya yaxshi emas edi. Zarba beradigan vaziyatda pas beryapmiz va teskarisi. Hujumda biroz muammolarga duch keldik. Haydarov ham terma jamoaga jo'nab ketgan. Muhammadali ham qizil kartochka oldi. Bularning barchasi bizga pand berdi" - deya fikr bildirdi Fevzi Davletov bugungi uchrashuv haqida.

- Hujumchilar haqida gapirib o'tsangiz? Haydarov jamoaga qaytishi yoki qishda jamoa yangi hujumchini sotib olishi mumkinmi?

- Albatta, bu masala bo'yicha ish olib boramiz. Qishda kimdirni sotib olamiz. Uchta hujumchimiz bo'lsa yaxshi bo'lardi. Ikkinchi bo'limda hujumchilarga tezlik qo'shdik, futbolchilarga ham qo'shimcha ko'rsatma berdim. To'p raqib jarima maydonchasiga ham ko'p marotaba etib bordi, ammo realizaciya yaxshi darajada emas edi.

- 2010 yilgi ECHL mavsumida "Barselona" bosh murabbiyi "Inter"ga qarshi uchrashuvda qiziq bir taktik yurish qilgandi, aniqrog'i markaziy himoyachi Jerar Pikeni hujumchi sifatida o'ynatgandi. Bugun siz ham shunday yurish qildingiz...

- Ha, shunday o'ynab ko'rish rejamiz bor edi. Bir hafta davomida uni hujumchi sifatida o'ynatib keldik. Uning bo'yi baland va havodagi to'plarga kurashishda ustunlikka ega, ammo bugun rejamiz ish bermadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика